QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят191

ٱلَّذِينَ يَذْكُرُونَ ٱللَّهَ قِيَـٰمًا وَقُعُودًا وَعَلَىٰ جُنُوبِهِمْ وَيَتَفَكَّرُونَ فِى خَلْقِ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ رَبَّنَا مَا خَلَقْتَ هَـٰذَا بَـٰطِلًا سُبْحَـٰنَكَ فَقِنَا عَذَابَ ٱلنَّارِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohni tik turgan, o`tirgan va yonboshlagan hollarida eslaydigan, osmonlaru yerning yaratilishini tafakkur qiladiganlar: «Robbimiz, buni bekorga yaratganing yo`q, O`zing poksan, bizni o`t azobidan saqlagin.Аллоҳни тик турган, ўтирган ва ёнбошлаган ҳолларида эслайдиган, осмонлару ернинг яратилишини тафаккур қиладиганлар: «Роббимиз, буни бекорга яратганинг йўқ, Ўзинг поксан, бизни ўт азобидан сақлагин.Alauddin Mansour: Ular turganda ham, oʻtirganda ham, yotganda ham Allohni eslaydilar hamda osmonlar va Yerning yaralishi haqida tafakkur qilib (deydilar): «Parvardigoro, bu (borliq)ni behuda yaratganing yoʻq! Sen (behuda biron ish qilish aybidan) poksan! Oʻzing bizni jahannam azobidan asragil!Улар турганда ҳам, ўтирганда ҳам, ётганда ҳам Аллоҳни эслайдилар ҳамда осмонлар ва Ернинг яралиши ҳақида тафаккур қилиб (дейдилар): «Парвардигоро, бу (борлиқ)ни беҳуда яратганинг йўқ! Сен (беҳуда бирон иш қилиш айбидан) поксан! Ўзинг бизни жаҳаннам азобидан асрагил!

75-sahifa · 4-juz · 8-hizb75-саҳифа · 4-жуз · 8-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱلَّذِينَoʻshalarkiўшаларкиيَذْكُرُونَeslaydiganэслайдиганٱللَّهَAllohniАллоҳниقِيَـٰمًۭاtik turgan holdaтик турган ҳолдаوَقُعُودًۭاva oʻtirgan holdaва ўтирган ҳолдаوَعَلَىٰva ustidaва устидаجُنُوبِهِمْyonboshlariёнбошлариوَيَتَفَكَّرُونَva tafakkur qiladiganва тафаккур қиладиганفِىhaqidaҳақидаخَلْقِyaratilishiяратилишиٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarосмонларوَٱلْأَرْضِva yerningва ернингرَبَّنَاRobbimizРоббимизمَاemasэмасخَلَقْتَyaratganingяратганингهَـٰذَاbuniбуниبَـٰطِلًۭاbekorgaбекоргаسُبْحَـٰنَكَOʻzing poksanЎзинг поксанفَقِنَاbas, bizni saqlaginбас, бизни сақлагинعَذَابَazobidanазобиданٱلنَّارِoʻtўт
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimalardan koʻrinib turibdiki, Allohning biru borligi hamda cheksiz qudrati va boshqa komil sifatlarini toʻla anglab yetish uchun ibodat va tafakkur lozim ekan. Biri boʻlib ikkinchisi boʻlmasa ham, ish bitmas ekan. Allohni tik turgan, oʻtirgan va yonboshlagan hollarda eslash darajasi ulugʻ daraja boʻlib, inson ibodatda oliy maqomga erishgandagina ushbu darajaga koʻtariladi.

«Allohni tik turgan, oʻtirgan va yonboshlagan hollarida eslaydigan, osmonlaru yerning yaratilishini tafakkur qiladiganlar...»

Shunday darajada tafakkur qilgan odam qalbi sof holga keladi va duo qilsa, ijobat boʻladigan maqomga yetadi.

«Robbimiz, buni bekorga yaratganing yoʻq...»

Ibodat qilib, osmonlaru yerning yaratilishi haqida fikr yuritgan odam, albatta, Alloh taolo bu narsalarni bekorga yaratmaganini tushunib yetadi va uni «Oʻzing poksan», deb tasbih aytib yodga oladi. Ushbu borliqning yaratilishi, undagi narsalarning haqiqatini tushunib yetish bularni qilishda tadbirkorlik, hikmat va maqsad borligini anglab yetishga olib boradi. Shunday boʻlsa, bu dunyoda yashayotgan kishilar uchun adolat ham zarurligini tushunib yetadi. Demak, odamlar qilgan ishlarning hisob-kitobi ham boʻladi. Bu ish bu dunyoda emas, u dunyoda amalga oshiriladi. Shu boisdan, oxirat umidida duo qilish boshlanadi:

«...bizni oʻt azobidan saqlagin».

Doʻzaxda kuyishdan hamma ham qoʻrqadi. Xususan, ibodatli, iymonli, tafakkurli kishilar bu haqiqatni toʻliq his etadilar. Shuning uchun ham:

«Robbimiz, albatta, Sen kimni doʻzaxga kiritsang, batahqiq, uni sharmanda qilursan», deydilar.

Demak, doʻzaxda sharmanda boʻlishdan qoʻrqqanlari uchun Allohdan yordam soʻrashadi.

«Va zolimlarga yordam beruvchilar yoʻq.»

Faqat zolimlargina doʻzaxga sazovordirlar.

«Robbimiz, biz nido qiluvchining Robbingizga iymon keltiring!» deb nido qilayotganini eshitdik va iymon keltirdik.»

«Nido qiluvchi»dan murod–Muhammad alayhissalomdirlar. Aqli va qalbi ochiqlar u kishining daʼvatlarini eshitishlari bilan darrov iymonga kelganlar.

Aqli va qalbi ochiq kishilar iymonga kirishlari bilan, eng avvalo, oʻz Paygʻambarlari haqida oʻylay boshlaydilar. Gunohlari va yomonliklaridan qutulish haqida qaygʻuradilar va ularni kechishini soʻrab Allohga tazarruʼ qiladilar:

«Robbimiz, bizning gunohlarimizni kechirgin va yomonliklarimizni oʻchirgin hamda yaxshilar bilan birga oʻldirgin».

Duoning oxirida Allohdan umidvorlik va Uning vaʼdaga xilof qilmasligiga ishonch taʼkidlanadi:

«Robbimiz, bizga Paygʻambarlaringga vaʼda qilgan narsalaringni bergin».

Alloh Oʻz Paygʻambarlari tili bilan moʻmin bandalarga savob, nusrat, jannat va boshqa narsalarni vaʼda qilgan edi.

«...va bizni qiyomat kuni sharmanda qilmagin.»

Yaʼni, kofirlarni qiyomat kuni xaloyiqning oldida sharmanda qilganingdek, bizni ham sharmanda qilmagin.

«Albatta, Sen vaʼdaga xilof qilmassan.»

Bunga ishonchimiz komil.

Keyingi oyatlarda mazkur duo qabul boʻlgani haqida soʻz ketadi: