QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят190

إِنَّ فِى خَلْقِ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَٱخْتِلَـٰفِ ٱلَّيْلِ وَٱلنَّهَارِ لَـَٔايَـٰتٍ لِّأُو۟لِى ٱلْأَلْبَـٰبِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, osmonlaru yerning yaratilishida va kecha-kunduzning almashinishida aql egalari uchun belgilar bor.Албатта, осмонлару ернинг яратилишида ва кеча-кундузнинг алмашинишида ақл эгалари учун белгилар бор.Alauddin Mansour: Albatta, osmonlar va Yerning yaralishida hamda kecha va kunduzning almashinib turishida aql egalari uchun (bir Yaratuvchi va boshqarib turguvchi Zot mavjud ekanligiga) oyat-alomatlar bordir.Албатта, осмонлар ва Ернинг яралишида ҳамда кеча ва кундузнинг алмашиниб туришида ақл эгалари учун (бир Яратувчи ва бошқариб тургувчи Зот мавжуд эканлигига) оят-аломатлар бордир.

75-sahifa · 4-juz · 8-hizb75-саҳифа · 4-жуз · 8-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаفِى-da-даخَلْقِyaratilishiяратилишиٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarосмонларوَٱلْأَرْضِva yerningва ернингوَٱخْتِلَـٰفِva almashinishidaва алмашинишидаٱلَّيْلِkechaкечаوَٱلنَّهَارِva kunduzningва кундузнингلَـَٔايَـٰتٍۢalbatta belgilar borалбатта белгилар борلِّأُو۟لِىegalari uchunэгалари учунٱلْأَلْبَـٰبِaqlақл
TafsirТафсир

Osmonga nazar solib, aqlini ishlatgan odam, yerga nazar solib, aqlini ishlatgan odam, kechayu kunduzning almashishiga nazar solib, aqlini ishlatgan odam, albatta, Allohning yagonaligiga, qudratiga, yaratuvchiligiga qoyil qolmasdan iloji yoʻq.

Osmonlaru yerdagi ajoyib mutanosiblik butun dunyo tortilish qonuni ila shunday boʻlib turganini ilm-fan aytadi. Lekin oʻsha qonunni kim ijod qildi?!

Osmonlaru yerdagi hamma narsalar azaliy emas, balki keyin paydo boʻlganligini ham aql ishlatgan odam darrov tushunib yetadi. Demak, ularni paydo qiluvchi Zot bor. U–Alloh taolodir.

Kechayu kunduzning almashib turishi yerning quyosh va oʻz oʻqi atrofida aylanib turishidandir. Lekin uni yaratgan va quyoshni ham oʻz oʻqi atrofida aylanadigan qilib qoʻygan kim? Albatta, Alloh taolo jalla jalaluhudir.

Bu haqiqatlarni tushunib yetish uchun aql egasi boʻlish bilan birga, quyidagi oyatlarda keladigan sifatlarga ham ega boʻlish kerak: