QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят193

رَّبَّنَآ إِنَّنَا سَمِعْنَا مُنَادِيًا يُنَادِى لِلْإِيمَـٰنِ أَنْ ءَامِنُوا۟ بِرَبِّكُمْ فَـَٔامَنَّا ۚ رَبَّنَا فَٱغْفِرْ لَنَا ذُنُوبَنَا وَكَفِّرْ عَنَّا سَيِّـَٔاتِنَا وَتَوَفَّنَا مَعَ ٱلْأَبْرَارِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Robbimiz, biz nido qiluvchining «Robbingizga iymon keltiring!» deb nido qilayotganini eshitdik va iymon keltirdik. Robbimiz, bizning gunohlarimizni kechirgin va yomonliklarimizni o`chirgin hamda yaxshilar bilan birga o`ldirgin.Роббимиз, биз нидо қилувчининг «Роббингизга иймон келтиринг!» деб нидо қилаётганини эшитдик ва иймон келтирдик. Роббимиз, бизнинг гуноҳларимизни кечиргин ва ёмонликларимизни ўчиргин ҳамда яхшилар билан бирга ўлдиргин.Alauddin Mansour: Parvardigoro, albatta biz: «Parvardigoringizga iymon keltiringiz!», deb iymonga chorlagan jarchi (Muhammad alayhis-salotu vas-salomning nidolarini) eshitdigu iymon keltirdik. Parvardigoro, bizning gunohlarimizni magʻfirat qil, qilgan yomonliklarimizni (sahifayi aʼmolimizdan) oʻchirgil va bizlarni yaxshilar bilan birga oʻldir!Парвардигоро, албатта биз: «Парвардигорингизга иймон келтирингиз!», деб иймонга чорлаган жарчи (Муҳаммад алайҳис-салоту вас-саломнинг нидоларини) эшитдигу иймон келтирдик. Парвардигоро, бизнинг гуноҳларимизни мағфират қил, қилган ёмонликларимизни (саҳифайи аъмолимиздан) ўчиргил ва бизларни яхшилар билан бирга ўлдир!

75-sahifa · 4-juz · 8-hizb75-саҳифа · 4-жуз · 8-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
رَّبَّنَآRobbimizРоббимизإِنَّنَاalbatta bizалбатта бизسَمِعْنَاeshitdikэшитдикمُنَادِيًۭاnido qiluvchiniнидо қилувчиниيُنَادِىnido qilayotganнидо қилаётганلِلْإِيمَـٰنِiymongaиймонгаأَنْdebдебءَامِنُوا۟iymon keltiringиймон келтирингبِرَبِّكُمْRobbingizgaРоббингизгаفَـَٔامَنَّا ۚbas, iymon keltirdikбас, иймон келтирдикرَبَّنَاRobbimizРоббимизفَٱغْفِرْbas, kechirginбас, кечиргинلَنَاbizningбизнингذُنُوبَنَاgunohlarimizniгуноҳларимизниوَكَفِّرْva oʻchirginва ўчиргинعَنَّاbizdanбизданسَيِّـَٔاتِنَاyomonliklarimizniёмонликларимизниوَتَوَفَّنَاva bizni oʻldirginва бизни ўлдиргинمَعَbilan birgaбилан биргаٱلْأَبْرَارِyaxshilarяхшилар
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimalardan koʻrinib turibdiki, Allohning biru borligi hamda cheksiz qudrati va boshqa komil sifatlarini toʻla anglab yetish uchun ibodat va tafakkur lozim ekan. Biri boʻlib ikkinchisi boʻlmasa ham, ish bitmas ekan. Allohni tik turgan, oʻtirgan va yonboshlagan hollarda eslash darajasi ulugʻ daraja boʻlib, inson ibodatda oliy maqomga erishgandagina ushbu darajaga koʻtariladi.

«Allohni tik turgan, oʻtirgan va yonboshlagan hollarida eslaydigan, osmonlaru yerning yaratilishini tafakkur qiladiganlar...»

Shunday darajada tafakkur qilgan odam qalbi sof holga keladi va duo qilsa, ijobat boʻladigan maqomga yetadi.

«Robbimiz, buni bekorga yaratganing yoʻq...»

Ibodat qilib, osmonlaru yerning yaratilishi haqida fikr yuritgan odam, albatta, Alloh taolo bu narsalarni bekorga yaratmaganini tushunib yetadi va uni «Oʻzing poksan», deb tasbih aytib yodga oladi. Ushbu borliqning yaratilishi, undagi narsalarning haqiqatini tushunib yetish bularni qilishda tadbirkorlik, hikmat va maqsad borligini anglab yetishga olib boradi. Shunday boʻlsa, bu dunyoda yashayotgan kishilar uchun adolat ham zarurligini tushunib yetadi. Demak, odamlar qilgan ishlarning hisob-kitobi ham boʻladi. Bu ish bu dunyoda emas, u dunyoda amalga oshiriladi. Shu boisdan, oxirat umidida duo qilish boshlanadi:

«...bizni oʻt azobidan saqlagin».

Doʻzaxda kuyishdan hamma ham qoʻrqadi. Xususan, ibodatli, iymonli, tafakkurli kishilar bu haqiqatni toʻliq his etadilar. Shuning uchun ham:

«Robbimiz, albatta, Sen kimni doʻzaxga kiritsang, batahqiq, uni sharmanda qilursan», deydilar.

Demak, doʻzaxda sharmanda boʻlishdan qoʻrqqanlari uchun Allohdan yordam soʻrashadi.

«Va zolimlarga yordam beruvchilar yoʻq.»

Faqat zolimlargina doʻzaxga sazovordirlar.

«Robbimiz, biz nido qiluvchining Robbingizga iymon keltiring!» deb nido qilayotganini eshitdik va iymon keltirdik.»

«Nido qiluvchi»dan murod–Muhammad alayhissalomdirlar. Aqli va qalbi ochiqlar u kishining daʼvatlarini eshitishlari bilan darrov iymonga kelganlar.

Aqli va qalbi ochiq kishilar iymonga kirishlari bilan, eng avvalo, oʻz Paygʻambarlari haqida oʻylay boshlaydilar. Gunohlari va yomonliklaridan qutulish haqida qaygʻuradilar va ularni kechishini soʻrab Allohga tazarruʼ qiladilar:

«Robbimiz, bizning gunohlarimizni kechirgin va yomonliklarimizni oʻchirgin hamda yaxshilar bilan birga oʻldirgin».

Duoning oxirida Allohdan umidvorlik va Uning vaʼdaga xilof qilmasligiga ishonch taʼkidlanadi:

«Robbimiz, bizga Paygʻambarlaringga vaʼda qilgan narsalaringni bergin».

Alloh Oʻz Paygʻambarlari tili bilan moʻmin bandalarga savob, nusrat, jannat va boshqa narsalarni vaʼda qilgan edi.

«...va bizni qiyomat kuni sharmanda qilmagin.»

Yaʼni, kofirlarni qiyomat kuni xaloyiqning oldida sharmanda qilganingdek, bizni ham sharmanda qilmagin.

«Albatta, Sen vaʼdaga xilof qilmassan.»

Bunga ishonchimiz komil.

Keyingi oyatlarda mazkur duo qabul boʻlgani haqida soʻz ketadi: