QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят194

رَبَّنَا وَءَاتِنَا مَا وَعَدتَّنَا عَلَىٰ رُسُلِكَ وَلَا تُخْزِنَا يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ ۗ إِنَّكَ لَا تُخْلِفُ ٱلْمِيعَادَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Robbimiz, bizga Payg`ambarlaringga va'da qilgan narsalaringni bergin va bizni qiyomat kuni sharmanda qilmagin. Albatta, Sen va'daga xilof qilmassan», derlar.Роббимиз, бизга Пайғамбарларингга ваъда қилган нарсаларингни бергин ва бизни қиёмат куни шарманда қилмагин. Албатта, Сен ваъдага хилоф қилмассан», дерлар.Alauddin Mansour: Parvardigoro, bizlarga paygʻambarlaring orqali vaʼda qilgan narsalaringni (jannat, magʻfirat, visolingdan bahramand etish kabi neʼmatlaringni) ato qil va bizlarni Qiyomat Kunida rasvo qilmagil! Albatta, Sen vaʼdangga xilof qilmagaysan.Парвардигоро, бизларга пайғамбарларинг орқали ваъда қилган нарсаларингни (жаннат, мағфират, висолингдан баҳраманд этиш каби неъматларингни) ато қил ва бизларни Қиёмат Кунида расво қилмагил! Албатта, Сен ваъдангга хилоф қилмагайсан.

75-sahifa · 4-juz · 8-hizb75-саҳифа · 4-жуз · 8-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
رَبَّنَاRobbimizРоббимизوَءَاتِنَاva bizga berginва бизга бергинمَاnarsaniнарсаниوَعَدتَّنَاbizga vaʼda qilganбизга ваъда қилганعَلَىٰorqaliорқалиرُسُلِكَPaygʻambarlaringПайғамбарларингوَلَاva emasва эмасتُخْزِنَاbizni sharmanda qilmaginбизни шарманда қилмагинيَوْمَkuniкуниٱلْقِيَـٰمَةِ ۗqiyomatқиёматإِنَّكَalbatta Senалбатта Сенلَاemasэмасتُخْلِفُxilof qilasanхилоф қиласанٱلْمِيعَادَvaʼdagaваъдага
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimalardan koʻrinib turibdiki, Allohning biru borligi hamda cheksiz qudrati va boshqa komil sifatlarini toʻla anglab yetish uchun ibodat va tafakkur lozim ekan. Biri boʻlib ikkinchisi boʻlmasa ham, ish bitmas ekan. Allohni tik turgan, oʻtirgan va yonboshlagan hollarda eslash darajasi ulugʻ daraja boʻlib, inson ibodatda oliy maqomga erishgandagina ushbu darajaga koʻtariladi.

«Allohni tik turgan, oʻtirgan va yonboshlagan hollarida eslaydigan, osmonlaru yerning yaratilishini tafakkur qiladiganlar...»

Shunday darajada tafakkur qilgan odam qalbi sof holga keladi va duo qilsa, ijobat boʻladigan maqomga yetadi.

«Robbimiz, buni bekorga yaratganing yoʻq...»

Ibodat qilib, osmonlaru yerning yaratilishi haqida fikr yuritgan odam, albatta, Alloh taolo bu narsalarni bekorga yaratmaganini tushunib yetadi va uni «Oʻzing poksan», deb tasbih aytib yodga oladi. Ushbu borliqning yaratilishi, undagi narsalarning haqiqatini tushunib yetish bularni qilishda tadbirkorlik, hikmat va maqsad borligini anglab yetishga olib boradi. Shunday boʻlsa, bu dunyoda yashayotgan kishilar uchun adolat ham zarurligini tushunib yetadi. Demak, odamlar qilgan ishlarning hisob-kitobi ham boʻladi. Bu ish bu dunyoda emas, u dunyoda amalga oshiriladi. Shu boisdan, oxirat umidida duo qilish boshlanadi:

«...bizni oʻt azobidan saqlagin».

Doʻzaxda kuyishdan hamma ham qoʻrqadi. Xususan, ibodatli, iymonli, tafakkurli kishilar bu haqiqatni toʻliq his etadilar. Shuning uchun ham:

«Robbimiz, albatta, Sen kimni doʻzaxga kiritsang, batahqiq, uni sharmanda qilursan», deydilar.

Demak, doʻzaxda sharmanda boʻlishdan qoʻrqqanlari uchun Allohdan yordam soʻrashadi.

«Va zolimlarga yordam beruvchilar yoʻq.»

Faqat zolimlargina doʻzaxga sazovordirlar.

«Robbimiz, biz nido qiluvchining Robbingizga iymon keltiring!» deb nido qilayotganini eshitdik va iymon keltirdik.»

«Nido qiluvchi»dan murod–Muhammad alayhissalomdirlar. Aqli va qalbi ochiqlar u kishining daʼvatlarini eshitishlari bilan darrov iymonga kelganlar.

Aqli va qalbi ochiq kishilar iymonga kirishlari bilan, eng avvalo, oʻz Paygʻambarlari haqida oʻylay boshlaydilar. Gunohlari va yomonliklaridan qutulish haqida qaygʻuradilar va ularni kechishini soʻrab Allohga tazarruʼ qiladilar:

«Robbimiz, bizning gunohlarimizni kechirgin va yomonliklarimizni oʻchirgin hamda yaxshilar bilan birga oʻldirgin».

Duoning oxirida Allohdan umidvorlik va Uning vaʼdaga xilof qilmasligiga ishonch taʼkidlanadi:

«Robbimiz, bizga Paygʻambarlaringga vaʼda qilgan narsalaringni bergin».

Alloh Oʻz Paygʻambarlari tili bilan moʻmin bandalarga savob, nusrat, jannat va boshqa narsalarni vaʼda qilgan edi.

«...va bizni qiyomat kuni sharmanda qilmagin.»

Yaʼni, kofirlarni qiyomat kuni xaloyiqning oldida sharmanda qilganingdek, bizni ham sharmanda qilmagin.

«Albatta, Sen vaʼdaga xilof qilmassan.»

Bunga ishonchimiz komil.

Keyingi oyatlarda mazkur duo qabul boʻlgani haqida soʻz ketadi: