QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят195

فَٱسْتَجَابَ لَهُمْ رَبُّهُمْ أَنِّى لَآ أُضِيعُ عَمَلَ عَـٰمِلٍ مِّنكُم مِّن ذَكَرٍ أَوْ أُنثَىٰ ۖ بَعْضُكُم مِّنۢ بَعْضٍ ۖ فَٱلَّذِينَ هَاجَرُوا۟ وَأُخْرِجُوا۟ مِن دِيَـٰرِهِمْ وَأُوذُوا۟ فِى سَبِيلِى وَقَـٰتَلُوا۟ وَقُتِلُوا۟ لَأُكَفِّرَنَّ عَنْهُمْ سَيِّـَٔاتِهِمْ وَلَأُدْخِلَنَّهُمْ جَنَّـٰتٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَـٰرُ ثَوَابًا مِّنْ عِندِ ٱللَّهِ ۗ وَٱللَّهُ عِندَهُۥ حُسْنُ ٱلثَّوَابِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Robbilari ularning (duolarini) ijobat qilib: «Men sizlardan erkagu ayol amal qiluvchining amalini zoye qilmasman. Ba'zingiz ba'zingizdansiz. Hijrat qilganlar, diyorlaridan chiqarilganlar, Mening yo`limda aziyat chekkanlar, jang qilganlar va qatl bo`lganlarning yomonliklarini o`chirurman hamda ularni albatta ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiriturman, bu — Allohning huzuridan savobdir. Va Alloh — huzurida go`zal savob bor Zotdir», dedi.Роббилари уларнинг (дуоларини) ижобат қилиб: «Мен сизлардан эркагу аёл амал қилувчининг амалини зое қилмасман. Баъзингиз баъзингиздансиз. Ҳижрат қилганлар, диёрларидан чиқарилганлар, Менинг йўлимда азият чекканлар, жанг қилганлар ва қатл бўлганларнинг ёмонликларини ўчирурман ҳамда уларни албатта остидан анҳорлар оқиб турган жаннатларга киритурман, бу — Аллоҳнинг ҳузуридан савобдир. Ва Аллоҳ — ҳузурида гўзал савоб бор Зотдир», деди.Alauddin Mansour: Bas, Parvardigorlari ularning duolarini ijobat qilib (dedi): «Albatta, Men sizlardan biron amal qilguvchi erkak yo ayolning amalini zoye qilmagayman. Zero, birovingiz birovingizdandirsiz. (Yaʼni, erkak ayoldan, ayol erkakdan dunyoga kelgan). Bas, vatanlaridan hijrat qilgan, diyorlaridan quvilgan, mening yoʻlimda aziyatlar chekkan va (mening yoʻlimda) jang qilib, qatl etilgan zotlarning qilgan gunohlarini oʻchirgayman va ularni taglaridan daryolar oqib turadigan bogʻlarga kiriturman. Bu Alloh huzuridan boʻlgan savob-mukofot boʻladi. Zero, eng goʻzal savob-mukofot Allohning huzuridadir».Бас, Парвардигорлари уларнинг дуоларини ижобат қилиб (деди): «Албатта, Мен сизлардан бирон амал қилгувчи эркак ё аёлнинг амалини зое қилмагайман. Зеро, бировингиз бировингиздандирсиз. (Яъни, эркак аёлдан, аёл эркакдан дунёга келган). Бас, ватанларидан ҳижрат қилган, диёрларидан қувилган, менинг йўлимда азиятлар чеккан ва (менинг йўлимда) жанг қилиб, қатл этилган зотларнинг қилган гуноҳларини ўчиргайман ва уларни тагларидан дарёлар оқиб турадиган боғларга киритурман. Бу Аллоҳ ҳузуридан бўлган савоб-мукофот бўлади. Зеро, энг гўзал савоб-мукофот Аллоҳнинг ҳузуридадир».

76-sahifa · 4-juz · 8-hizb76-саҳифа · 4-жуз · 8-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَٱسْتَجَابَbas, istijobat qildiбас, истижобат қилдиلَهُمْulargaуларгаرَبُّهُمْRobbilariРоббилариأَنِّىalbatta Menалбатта Менلَآemasэмасأُضِيعُzoye qilamanзое қиламанعَمَلَamaliniамалиниعَـٰمِلٍۢamal qiluvchiningамал қилувчинингمِّنكُمsizlardanсизларданمِّن-dan-данذَكَرٍerkaguэркагуأَوْyokiёкиأُنثَىٰ ۖayolаёлبَعْضُكُمbaʼzingizбаъзингизمِّنۢ-dan-данبَعْضٍۢ ۖbaʼzingizdirбаъзингиздирفَٱلَّذِينَbas, oʻshalarбас, ўшаларهَاجَرُوا۟hijrat qilganlarҳижрат қилганларوَأُخْرِجُوا۟va chiqarilganlarва чиқарилганларمِن-dan-данدِيَـٰرِهِمْdiyorlariдиёрлариوَأُوذُوا۟va aziyat chekkanlarва азият чекканларفِى-da-даسَبِيلِىMening yoʻlimМенинг йўлимوَقَـٰتَلُوا۟va jang qilganlarва жанг қилганларوَقُتِلُوا۟va qatl boʻlganlarва қатл бўлганларلَأُكَفِّرَنَّalbatta oʻchiramanалбатта ўчираманعَنْهُمْulardanуларданسَيِّـَٔاتِهِمْyomonliklariniёмонликлариниوَلَأُدْخِلَنَّهُمْva albatta ularni kiritamanва албатта уларни киритаманجَنَّـٰتٍۢjannatlargaжаннатларгаتَجْرِىoqib turganоқиб турганمِن-dan-данتَحْتِهَاostidanостиданٱلْأَنْهَـٰرُanhorlarанҳорларثَوَابًۭاsavobdirсавобдирمِّنْ-dan-данعِندِhuzuridanҳузуриданٱللَّهِ ۗAllohАллоҳوَٱللَّهُva Allohва АллоҳعِندَهُۥUning huzuridaУнинг ҳузуридаحُسْنُgoʻzalгўзалٱلثَّوَابِsavob borсавоб бор
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada Alloh taolo tafakkuringizni, xayolingizni, niyatingizni yoki gapu soʻzingizni zoye qilmayman, degani yoʻq. Balki, amalingizni zoye qilmayman, demoqda.

Demak, Allohning oʻlchovida eng eʼtiborga sazovor narsa amaldir. Yaxshilik yoʻlida qilingan amal, Islom dini nazarida, ibodat darajasiga koʻtariladi. Amal qiluvchi iymonli boʻlsa boʻldi. Uning kimligidan qatʼi nazar, amali zoye boʻlmaydi. Chunki Alloh taolo:

«Men sizlardan erkagu ayol amal qiluvchining amalini zoye qilmasman», demoqda.

Chunki, erkak ham, ayol ham Allohning bandasi. Asllari bir. Erkaksiz ayol boʻlmaydi. Ayolsiz erkak boʻlmaydi. Shuning uchun ham, Alloh taolo:

«...Baʼzingiz baʼzingizdansiz», demoqda.

Keyingi jumlalarda zoye qilinmaydigan amallarning batafsil bayoni keladi:

«Hijrat qilganlar...»

Yaʼni, dinu diyonat yoʻlida, iymonu aqiyda yoʻlida oʻz vatanini tashlab chiqishga majbur boʻlganlar.

«...diyorlaridan chiqarilganlar...»

Yaʼni, oʻzlari xohlab chiqmasalar ham, dushman majbur qilib diyorlaridan quvilgan zotlar.

«...Mening yoʻlimda aziyat chekkanlar...»

Yaʼni, Allohning yoʻlida, dinu diyonat yoʻlida aziyat chekib, mashaqqat tortganlar.

«...jang qilganlar va qatl boʻlganlar...»

Yaʼni, Allohning yoʻlida urushlarda qatnashganlar va ularning ichidan shahid boʻlganlar.

Ushbu toifalarga Alloh taolo:

«...yomonliklarini oʻchiraman hamda ularni albatta ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritaman», deb vaʼda bermoqda.

Shu bilan birga, bu narsalar qayerdan ekanligining ham bayoni kelmoqda:

«...bu–Allohning huzuridan savobdir. Va Alloh – huzurida goʻzal savob bor zotdir».

Keyingi oyatlarda qiyinchilik paytida voqelikda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan holat muolaja qilinadi: