لَا يَغُرَّنَّكَ تَقَلُّبُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ فِى ٱلْبِلَـٰدِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kufr keltirganlarning yurt kezishlari seni aldab qo`ymasin.Куфр келтирганларнинг юрт кезишлари сени алдаб қўймасин.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Sizni kofirlarning shaharlarda kezishlari (yaʼni, ularning har joyda kerilib yurishlari) aldab qoʻymasin!(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Сизни кофирларнинг шаҳарларда кезишлари (яъни, уларнинг ҳар жойда керилиб юришлари) алдаб қўймасин!
Bu dunyoning qiziq ishlaridan biri shuki, moʻminlar, abrorlar azob-uqubatga duchor boʻlib, yurtlaridan hijrat qilib chiqib yoki haydab chiqarilib yoki qamoqlarga tashlanib, Allohning yoʻlida aziyatlar chekib turgan bir paytda, kofirlar kibru havo, dabdabayu tantana bilan yurt kezadilar. Hammaga oʻzlarini koʻz-koʻz qiladilar.
Bu holat moʻminlarni xafa qilib, nimaga bunday boʻladi, degan savolni koʻngliga solib, adashtirib, aldab qoʻyishi mumkin. Ushbu oyat ana shunaqa aldovga berilib qolmaslikni moʻminlarga Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam orqali tayinlamoqda. Keyin esa, bu yurt kezishlar vaqtinchalik ekanini tushuntirib:
«Bu ozgina matohdir», demoqda. Ehtimol, ular bu dunyodan shunday kerilib, faxr qilgan hollarida oʻtib ketarlar. Lekin baribir, u dunyoda:
«Soʻngra, oʻrinlari jahannamdir. U qanday ham yomon yotoq!»
Buning qarshisida taqvodor, abrorlarning joyi ham bordir: