QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят197

مَتَـٰعٌ قَلِيلٌ ثُمَّ مَأْوَىٰهُمْ جَهَنَّمُ ۚ وَبِئْسَ ٱلْمِهَادُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bu ozgina matohdir. So`ngra o`rinlari jahannamdir. U qanday ham yomon yotoq!Бу озгина матоҳдир. Сўнгра ўринлари жаҳаннамдир. У қандай ҳам ёмон ётоқ!Alauddin Mansour: (Bu yelib-yugurish, gʻolibona kezishlar) ozgina matodir. Soʻngra joylari jahannam boʻlgay! Naqadar yomon joy u!(Бу елиб-югуриш, ғолибона кезишлар) озгина матодир. Сўнгра жойлари жаҳаннам бўлгай! Нақадар ёмон жой у!

76-sahifa · 4-juz · 8-hizb76-саҳифа · 4-жуз · 8-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
مَتَـٰعٌۭmatohdirматоҳдирقَلِيلٌۭozginaозгинаثُمَّsoʻngraсўнграمَأْوَىٰهُمْularning oʻrinlariуларнинг ўринлариجَهَنَّمُ ۚjahannamdirжаҳаннамдирوَبِئْسَva qanday ham yomonва қандай ҳам ёмонٱلْمِهَادُyotoqётоқ
TafsirТафсир

Bu dunyoning qiziq ishlaridan biri shuki, moʻminlar, abrorlar azob-uqubatga duchor boʻlib, yurtlaridan hijrat qilib chiqib yoki haydab chiqarilib yoki qamoqlarga tashlanib, Allohning yoʻlida aziyatlar chekib turgan bir paytda, kofirlar kibru havo, dabdabayu tantana bilan yurt kezadilar. Hammaga oʻzlarini koʻz-koʻz qiladilar.

Bu holat moʻminlarni xafa qilib, nimaga bunday boʻladi, degan savolni koʻngliga solib, adashtirib, aldab qoʻyishi mumkin. Ushbu oyat ana shunaqa aldovga berilib qolmaslikni moʻminlarga Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam orqali tayinlamoqda. Keyin esa, bu yurt kezishlar vaqtinchalik ekanini tushuntirib:

«Bu ozgina matohdir», demoqda. Ehtimol, ular bu dunyodan shunday kerilib, faxr qilgan hollarida oʻtib ketarlar. Lekin baribir, u dunyoda:

«Soʻngra, oʻrinlari jahannamdir. U qanday ham yomon yotoq!»

Buning qarshisida taqvodor, abrorlarning joyi ham bordir: