QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят198

لَـٰكِنِ ٱلَّذِينَ ٱتَّقَوْا۟ رَبَّهُمْ لَهُمْ جَنَّـٰتٌ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَـٰرُ خَـٰلِدِينَ فِيهَا نُزُلًا مِّنْ عِندِ ٱللَّهِ ۗ وَمَا عِندَ ٱللَّهِ خَيْرٌ لِّلْأَبْرَارِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Lekin Robbilariga taqvo qilganlar uchun ostidan anhorlar oqib turgan jannatlar bo`lib, unda abadiy qolurlar. Bu Allohdan ziyofatdir. Alloh huzuridagi narsa abrorlar uchun yaxshidir.Лекин Роббиларига тақво қилганлар учун остидан анҳорлар оқиб турган жаннатлар бўлиб, унда абадий қолурлар. Бу Аллоҳдан зиёфатдир. Аллоҳ ҳузуридаги нарса аброрлар учун яхшидир.Alauddin Mansour: Ammo Parvardigoridan qoʻrqqan zotlar uchun Alloh huzuridan ziyofat boʻlmish — taglaridan daryolar oqib turguvchi bogʻlar bordirki, ular bu bogʻlarda abadiy qolajaklar. Yaxshilar uchun Alloh huzuridagi narsa (yaʼni, savob-ajr kofirlarning muvaqqat kayf-safolaridan) afzalroqdir.Аммо Парвардигоридан қўрққан зотлар учун Аллоҳ ҳузуридан зиёфат бўлмиш — тагларидан дарёлар оқиб тургувчи боғлар бордирки, улар бу боғларда абадий қолажаклар. Яхшилар учун Аллоҳ ҳузуридаги нарса (яъни, савоб-ажр кофирларнинг муваққат кайф-сафоларидан) афзалроқдир.

76-sahifa · 4-juz · 8-hizb76-саҳифа · 4-жуз · 8-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَـٰكِنِlekinлекинٱلَّذِينَoʻshalarўшаларٱتَّقَوْا۟taqvo qilganlarтақво қилганларرَبَّهُمْRobbilarigaРоббиларигаلَهُمْular uchunулар учунجَنَّـٰتٌۭjannatlar bordirжаннатлар бордирتَجْرِىoqib turganоқиб турганمِن-dan-данتَحْتِهَاostidanостиданٱلْأَنْهَـٰرُanhorlarанҳорларخَـٰلِدِينَabadiy qolurlarабадий қолурларفِيهَاundaундаنُزُلًۭاziyofat sifatidaзиёфат сифатидаمِّنْ-dan-данعِندِhuzuridanҳузуриданٱللَّهِ ۗAllohningАллоҳнингوَمَاva narsaва нарсаعِندَhuzuridagiҳузуридагиٱللَّهِAllohАллоҳخَيْرٌۭyaxshidirяхшидирلِّلْأَبْرَارِabrorlar uchunаброрлар учун
TafsirТафсир

Kofirlarga ozgina matoh–bu dunyoning vaqtinchalik hayoti, moʻminlarga esa, shuncha narsa–jannatlar, abadiy qolishlik, Allohning huzuridan ziyofat. Faqat, moʻminlar yaxshi amallari ila shunga sazovor boʻlsalar, boʻldi.

Shu oʻrinda Alloh taolo yana bir bor ahli kitoblar haqida soʻz yuritib, ular haqida qoʻshimcha maʼlumot beradi: