وَإِنَّ مِنْ أَهْلِ ٱلْكِتَـٰبِ لَمَن يُؤْمِنُ بِٱللَّهِ وَمَآ أُنزِلَ إِلَيْكُمْ وَمَآ أُنزِلَ إِلَيْهِمْ خَـٰشِعِينَ لِلَّهِ لَا يَشْتَرُونَ بِـَٔايَـٰتِ ٱللَّهِ ثَمَنًا قَلِيلًا ۗ أُو۟لَـٰٓئِكَ لَهُمْ أَجْرُهُمْ عِندَ رَبِّهِمْ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ سَرِيعُ ٱلْحِسَابِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, ahli kitoblardan Allohga, sizlarga tushirilgan narsaga, ularga tushirilgan narsaga iymon keltiradiganlari, Allohga o`zini xor tutib bo`yin egadiganlari, Allohning oyatlarini arzon bahoga sotmaydiganlari bordir. Ana o`shalarga Robbilari huzurida ajr bordir. Albatta, Alloh tezhisob Zotdir.Албатта, аҳли китоблардан Аллоҳга, сизларга туширилган нарсага, уларга туширилган нарсага иймон келтирадиганлари, Аллоҳга ўзини хор тутиб бўйин эгадиганлари, Аллоҳнинг оятларини арзон баҳога сотмайдиганлари бордир. Ана ўшаларга Роббилари ҳузурида ажр бордир. Албатта, Аллоҳ тезҳисоб Зотдир.Alauddin Mansour: Albatta, ahli kitob ichida Allohga hamda sizlarga nozil qilingan narsaga — (Qurʼonga) ham, oʻzlariga nozil qilingan narsaga — (Tavrotga, Injilga) ham iymon keltiradigan, Allohga itoat qilib bosh eguvchi, Allohning oyatlarini ozgina qiymatga sotib yubormaydigan zotlar ham bor ekanligi aniq-ravshandir. Ana oʻshalar uchun Parvardigorlari huzurida ajru savob bordir. Albatta, Alloh tezda hisob-kitob qilguvchi Zotdir.Албатта, аҳли китоб ичида Аллоҳга ҳамда сизларга нозил қилинган нарсага — (Қуръонга) ҳам, ўзларига нозил қилинган нарсага — (Тавротга, Инжилга) ҳам иймон келтирадиган, Аллоҳга итоат қилиб бош эгувчи, Аллоҳнинг оятларини озгина қийматга сотиб юбормайдиган зотлар ҳам бор эканлиги аниқ-равшандир. Ана ўшалар учун Парвардигорлари ҳузурида ажру савоб бордир. Албатта, Аллоҳ тезда ҳисоб-китоб қилгувчи Зотдир.
Hazrati Abdulloh ibn Abbos va Imom Hasanlardan qilingan rivoyatlarda kelishicha, bu oyati karima Habashiston podshohi Najoshiy haqida tushgan ekan. Najoshiy vafot etganda Jabroil alay- hissalom uning vafoti haqidagi xabarni Paygʻambarimiz alayhissalomga keltirganida, u kishi sahobalarga: «Turinglar, birodaringiz Najoshiyga namoz oʻqinglar», deb gʻoyibona janoza namozi oʻqiganlar. Shunda baʼzi odamlar oʻzaro: «Habashistonning kofirlaridan biriga namoz oʻqiymizmi?» deganda, Alloh taolo ushbu oyatni nozil qilgan ekan.
«Albatta, ahli kitoblardan Allohga, sizlarga tushirilgan narsaga, ularga tushirilgan narsaga iymon keltiradiganlari» bordir.
Najoshiy roziyallohu anhu xuddi shundoq kishilardan edilar. U kishi nasroniy dinida edilar. U dinni iloji boricha mahkam tutar edilar. Shuning uchun ham, musulmonlarga mushriklarning tazyiqi haddan oshib ketganda, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam Ularga Habashistonga hijrat qilinglar, u yerda adolatli podshoh bor, dedilar. Najoshiy oʻz yurtiga hijrat qilib kelgan musulmonlarga ehtirom koʻrsatdi. Quraysh mushriklari musulmonlarni tutib berishni talab qilib Najoshiyga odam yuborganlarida u adolat bilan ish koʻrdi. Ikki tomonni birdek eshitib, musulmonlar foydasiga hukm chiqardi. U musulmonlardan olgan maʼlumotlari asosida iymonga keldi. Qurʼon tilovatini eshitib yigʻladi.
«Allohga oʻzini xor tutib boʻyin egadiganlari, Allohning oyatlarini arzon bahoga sotmaydiganlari bordir».
U kishi Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning nomlaridan sovchilik ham qildi. Najoshiy roziyallohu anhu bu xizmatlari uchun yuksak baholarga sazovor boʻldi. Uning haqida oyati karima nozil boʻlishi, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning unga gʻoyib janozasi oʻqishlari shular jumlasidandir. Ammo undoq kishilarning asosiy mukofoti oxiratda boʻlishi turgan gap.
«Ana oʻshalarga Robbilari huzurida ajr bordir. Albatta, Alloh tezhisob zotdir».
Soʻngra, moʻminlarga nido keladi: