QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят200

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱصْبِرُوا۟ وَصَابِرُوا۟ وَرَابِطُوا۟ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Sabr qiling. Sabr ila g`olib keling. Kurashga bel bog`lab turing. Allohga taqvo qiling. Shoyadki, yutuqqa erishsangiz.Эй, иймон келтирганлар! Сабр қилинг. Сабр ила ғолиб келинг. Курашга бел боғлаб туринг. Аллоҳга тақво қилинг. Шоядки, ютуққа эришсангиз.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, sabr qilingiz va sabru toqat qilishda (kofirlardan) ustun boʻlingiz hamda doimo (kurash-jihod uchun) belingiz bogʻliq (holda hozir) boʻlib turingiz! Va Allohdan qoʻrqingizkim, (shunda) shoyad najot topgaysizlar!Эй мўминлар, сабр қилингиз ва сабру тоқат қилишда (кофирлардан) устун бўлингиз ҳамда доимо (кураш-жиҳод учун) белингиз боғлиқ (ҳолда ҳозир) бўлиб турингиз! Ва Аллоҳдан қўрқингизким, (шунда) шояд нажот топгайсизлар!

76-sahifa · 4-juz · 8-hizb76-саҳифа · 4-жуз · 8-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلَّذِينَoʻshalarўшаларءَامَنُوا۟iymon keltirganlarиймон келтирганларٱصْبِرُوا۟sabr qilingсабр қилингوَصَابِرُوا۟va sabr ila gʻolib kelingва сабр ила ғолиб келингوَرَابِطُوا۟va kurashga bel bogʻlab turingва курашга бел боғлаб турингوَٱتَّقُوا۟va taqvo qilingва тақво қилингٱللَّهَAllohgaАллоҳгаلَعَلَّكُمْshoyadki sizlarшоядки сизларتُفْلِحُونَyutuqqa erishsangizютуққа эришсангиз
TafsirТафсир

Sabr–daʼvatning mashaqqati yoʻlidagi zodi rohiladir. Niyatga sabrsiz yetib boʻlmaydi. Chunki, bu daʼvat yoʻlida turli xavfu xatarlar, balo-ofatlar, sinovlar va azob-uqubatlar toʻlib yotibdi.

Sabr ila gʻolib kelish muhim narsa, chunki qarshi taraf ham oʻziga yarasha sabrlidir. Demak, ikki tomonning sabrlari kurashida moʻminlarning sabri gʻolib kelishi kerak. Buni sharʼiy istilohda «musobara» deyiladi.

Biz «kurashga bel bogʻlab turing» deb tarjima qilgan ibora esa, «murobata» deyilib, ibodat joyida yoki musulmonlarni dushmandan himoya qilish joyida bardavom boʻlish maʼnosini beradi.

Imom Buxoriy rivoyat qilgan sahih hadisda Paygʻambarimiz alayhissalom, «bir kun murobata qilish dunyo va undagi narsalardan yaxshiroqdir», deganlar.

Boshqa bir hadisda: «Ikki koʻzga (doʻzaxda) oʻt tegmaydi: Allohdan qoʻrqib yigʻlagan koʻzga va Allohning yoʻlida qoʻriqchilik qilgan koʻzga», deganlar.

Abd ibn Humayd, Ibn Abi Hotim va Ibn Hibbonlar Ato rahmatullohi alayhidan rivoyat qiladilarki, u kishi:

«Men, Abdulloh ibn Umar va Ubayd ibn Umayrlar moʻminlarning onasi Oisha roziyallohu anhoning oldilariga kirsak, u kishi toʻsiqlarining ichida oʻtirgan ekanlar. U kishiga salom bergan edik:

«Bular kimlar?» deb soʻradilar. Biz:

«Bu Abdulloh ibn Umar va Ubayd ibn Umayr», dedik. U kishi:

«Ey Ubayd ibn Umayr, bizni ziyorat qilishingdan nima toʻsadi?» dedilar. U:

«Tez-tez ziyorat qilib tur, muhabbat ziyoda boʻladi, deganlaridek-a?» dedi. U kishi:

«Biz sening ziyoratingni va kelib turishingni xohlaymiz», dedilar. Abdulloh ibn Umar:

«Bizga Rasululloh alayhissalomdan koʻrgan eng ajoyib narsani aytib bering», dedi. U kishi yigʻladilar. Soʻngra:

«Hamma ishlari ajoyib edi,–dedilar. –Mening navbatim kunlaridan birida kelib, men bilan birga oʻringa kirib yotdilar. Bir muddat oʻtgandan soʻng: «Ey Oisha, menga izn ber, Parvardigorimga ibodat qilay», dedilar. Turib, suv idishga borib, oz suv ishlatib tahorat qildilar. Soʻngra, turib qiroat qildilar, yigʻladilar. Men koʻz yoshlarining yonoqlaridan oqayotganini koʻrdim. Soʻngra, oʻtirib, Allohga hamdu sano aytdilar, yigʻladilar. Men koʻz yoshlarining koʻksilariga oqib tushayotganini koʻrdim. Keyin oʻng yonboshlariga yonboshlab, qoʻllarini yuzlariga tiradilar, yigʻladilar. Men koʻz yoshlarining yerga oqib tushayotganini koʻrdim. Bilol turib u kishini namozga chaqirdi:

«Namozga, ey Allohning Rasuli», dedi. U kishining yigʻlayotganlarini koʻrib:«Ey, Allohning Rasuli, Alloh sizning avvalgiyu keyingi gunohlaringizni kechgan boʻlsa ham, yigʻlayapsizmi?» dedi. U kishi:

«Ey Bilol! Shukr qiluvchi banda boʻlmayinmi?! Men yigʻlamay, kim yigʻlasin! Holbuki, bu kecha menga: «Albatta, osmonlaru yerning yaratilishida va kechayu kunduzning almashinib turishida...» oyati nozil boʻldi. Kim shu oyatni oʻqisa-yu, ular haqida tafakkur qilmasa, holiga voy boʻlsin», dedilar.