QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят21

إِنَّ ٱلَّذِينَ يَكْفُرُونَ بِـَٔايَـٰتِ ٱللَّهِ وَيَقْتُلُونَ ٱلنَّبِيِّـۧنَ بِغَيْرِ حَقٍّ وَيَقْتُلُونَ ٱلَّذِينَ يَأْمُرُونَ بِٱلْقِسْطِ مِنَ ٱلنَّاسِ فَبَشِّرْهُم بِعَذَابٍ أَلِيمٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Allohning oyatlariga kufr keltiradiganlar, Payg`ambarlarni nohaqdan o`ldiradiganlar va odamlardan adolatga buyuradiganlarini o`ldiradiganlarga alamli azobning bashoratini ber.Албатта, Аллоҳнинг оятларига куфр келтирадиганлар, Пайғамбарларни ноҳақдан ўлдирадиганлар ва одамлардан адолатга буюрадиганларини ўлдирадиганларга аламли азобнинг башоратини бер.Alauddin Mansour: Allohning oyatlarini inkor qiladigan, paygʻambarlarni nohaq oʻldiradigan va odamlar orasidagi adolatga chaqiruvchi zotlarni oʻldiradigan kimsalarga, albatta, alamli azob «xushxabar»ini yetkazing!Аллоҳнинг оятларини инкор қиладиган, пайғамбарларни ноҳақ ўлдирадиган ва одамлар орасидаги адолатга чақирувчи зотларни ўлдирадиган кимсаларга, албатта, аламли азоб «хушхабар»ини етказинг!

52-sahifa · 3-juz · 6-hizb52-саҳифа · 3-жуз · 6-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаٱلَّذِينَoʻshalarўшаларيَكْفُرُونَkufr keltiradiganlarкуфр келтирадиганларبِـَٔايَـٰتِoyatlarigaоятларигаٱللَّهِAllohningАллоҳнингوَيَقْتُلُونَva oʻldiradiganlarва ўлдирадиганларٱلنَّبِيِّـۧنَPaygʻambarlarniПайғамбарларниبِغَيْرِ-siz (nohaqdan)-сиз (ноҳақдан)حَقٍّۢhaqҳақوَيَقْتُلُونَva oʻldiradiganlarва ўлдирадиганларٱلَّذِينَoʻshalarniўшаларниيَأْمُرُونَbuyuradiganбуюрадиганبِٱلْقِسْطِadolatgaадолатгаمِنَ-dan-данٱلنَّاسِodamlarодамларفَبَشِّرْهُمbas, ularga bashorat berбас, уларга башорат берبِعَذَابٍazob bilanазоб биланأَلِيمٍalamliаламли
TafsirТафсир

Mazkur mashʼum sifat egalari qatoriga Alloh amrining birortasini boʻlsa ham inkor qiladigan bandalarning barchasi kiradi.

«Albatta, Allohning oyatlariga kufr keltiradiganlar...»

Paygʻambarlarni nohaqdan oʻldirish bilan asosan yahudiylar mashhur boʻlishgan.

«Paygʻambarlarni nohaqdan oʻldiradiganlar va odamlardan adolatga buyuradiganlarini oʻldiradiganlar...» har zamon va har makonda yetarlicha topiladi. Xususan, bu masalada amri maʼruf, nahyi munkar qiluvchi ulamolarni oʻldirganlar koʻzda tutiladilar.

Imom Ibn Abi Hotim rivoyat qilgan hadisda Abu Ubayda ibn al-Jarroh roziyallohu anhu aytadilarki, men:

«Ey, Allohning Rasuli, qiyomat kuni qaysi odamlarga shiddatli azob boʻladi?»–dedim. U kishi:

«Paygʻambarni oʻldirgan odamga va amri maʼruf va nahyi munkar qilgan odamni oʻldirgan odamga»,–dedilar. Soʻngra: «Albatta, Allohning oyatlariga kufr keltiradiganlar, Paygʻambarlarni nohaqdan oʻldiradiganlar va odamlardan adolatga buyuradiganlarini oʻldiradiganlarga alamli azobning bashoratini ber», oyatini oʻqidilar. Undan keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Ey Abu Ubayda, Bani Isroil ertalab bir soatda qirq uchta Paygʻambarni oʻldirdi. Shunda Bani Isroildan bir yuz yetmish kishi turib, ularni oʻldirganlariga amri maʼruf va nahyi munkar qildilar. Bas, oʻsha kuni kechki paytda ularning ham barchalarini oʻldirishdi. Alloh zikr qilganlar oʻshalar»,–dedilar.

Oyati karimada Paygʻambar alayhissalomga oʻshanday qattollarga «alamli azobning bashoratini» berishga amr qilinyapti. Qachonligi, qayerdaligi tayin qilinmayapti. Demak, ikki dunyoda ham va qachon Alloh iroda qilganda u azob kelaveradi.