QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят20

فَإِنْ حَآجُّوكَ فَقُلْ أَسْلَمْتُ وَجْهِىَ لِلَّهِ وَمَنِ ٱتَّبَعَنِ ۗ وَقُل لِّلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْكِتَـٰبَ وَٱلْأُمِّيِّـۧنَ ءَأَسْلَمْتُمْ ۚ فَإِنْ أَسْلَمُوا۟ فَقَدِ ٱهْتَدَوا۟ ۖ وَّإِن تَوَلَّوْا۟ فَإِنَّمَا عَلَيْكَ ٱلْبَلَـٰغُ ۗ وَٱللَّهُ بَصِيرٌۢ بِٱلْعِبَادِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar sen bilan tortishsalar: «Men yuzimni Allohga taslim etdim va menga ergashganlar ham!« deb ayt. Va kitob berilganlarga va savodsizlarga: «Islomga kirdingizmi?» deb ayt. Agar Islomga kirsalar, bas, batahqiq, hidoyat topdilar. Agar yuz o`girsalar, sening zimmangda yetkazish, xolos. Alloh bandalarni ko`rib turuvchidir.Агар сен билан тортишсалар: «Мен юзимни Аллоҳга таслим этдим ва менга эргашганлар ҳам!« деб айт. Ва китоб берилганларга ва саводсизларга: «Исломга кирдингизми?» деб айт. Агар Исломга кирсалар, бас, батаҳқиқ, ҳидоят топдилар. Агар юз ўгирсалар, сенинг зиммангда етказиш, холос. Аллоҳ бандаларни кўриб турувчидир.Alauddin Mansour: Agar Siz bilan (din haqida) tortishsalar: «Men va menga tobeʼ boʻlgan kishilar oʻzimizni Allohga topshirdik — Unga boʻysundik», deb ayting! Soʻng ahli kitoblar va (kitob berilmagan) omiy-butparastlardan: «Islomga kirdingizmi?», deb soʻrang! Agar Islomga kirsalar, muhaqqaq Toʻgʻri Yoʻlni topibdilar. Endi agar yuz oʻgirsalar, u holda Sizning zimmangizdagi narsa faqatgina yetkazishdir. Alloh bandalarini koʻrib turguvchidir.Агар Сиз билан (дин ҳақида) тортишсалар: «Мен ва менга тобеъ бўлган кишилар ўзимизни Аллоҳга топширдик — Унга бўйсундик», деб айтинг! Сўнг аҳли китоблар ва (китоб берилмаган) омий-бутпарастлардан: «Исломга кирдингизми?», деб сўранг! Агар Исломга кирсалар, муҳаққақ Тўғри Йўлни топибдилар. Энди агар юз ўгирсалар, у ҳолда Сизнинг зиммангиздаги нарса фақатгина етказишдир. Аллоҳ бандаларини кўриб тургувчидир.

52-sahifa · 3-juz · 6-hizb52-саҳифа · 3-жуз · 6-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَإِنْbas, agarбас, агарحَآجُّوكَsen bilan tortishsalarсен билан тортишсаларفَقُلْbas, sen aytбас, сен айтأَسْلَمْتُtaslim etdimтаслим этдимوَجْهِىَyuzimniюзимниلِلَّهِAllohgaАллоҳгаوَمَنِva kimва кимٱتَّبَعَنِ ۗmenga ergashgan boʻlsaменга эргашган бўлсаوَقُلva aytва айтلِّلَّذِينَoʻshalargaўшаларгаأُوتُوا۟berilganберилганٱلْكِتَـٰبَkitobкитобوَٱلْأُمِّيِّـۧنَva savodsizlargaва саводсизларгаءَأَسْلَمْتُمْ ۚIslomga kirdingizmi?Исломга кирдингизми?فَإِنْbas, agarбас, агарأَسْلَمُوا۟Islomga kirsalarИсломга кирсаларفَقَدِbas, batahqiqбас, батаҳқиқٱهْتَدَوا۟ ۖhidoyat topdilarҳидоят топдиларوَّإِنva agarва агарتَوَلَّوْا۟yuz oʻgirsalarюз ўгирсаларفَإِنَّمَاbas, faqatginaбас, фақатгинаعَلَيْكَsening zimmangdaсенинг зиммангдаٱلْبَلَـٰغُ ۗyetkazishетказишوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳبَصِيرٌۢkoʻrib turuvchidirкўриб турувчидирبِٱلْعِبَادِbandalarniбандаларни
TafsirТафсир

Yuz insonning eng oliy aʼzosi hisoblanadi. Yuzni Allohga taslim qilish esa, oʻsha yuzning egasi butun vujudini Allohga topshirganini bildiradi.

«Agar sen bilan tortishsalar: «Men yuzimni Allohga taslim etdim va menga ergashganlar ham!» deb ayt».

Paygʻambar alayhissalomki oʻzlariga ushbu yoʻlni tanlabdilar, u kishiga ergashgan ummatlari ham albatta shu yoʻlni tanlaydilar. Bundan boshqa gap boʻlishi mumkin emas. Gap shu yerda kesildi. Xoʻsh talashib-tortishayotgan ahli kitoblar (yahudiy va nasorolar) va kitobi yoʻqlar (savodsiz mushriklar) bunga nima deydilar?

«Va kitob berilganlarga va savodsizlarga: «Islomga kirdingizmi?» deb ayt».

Chunki, ahli kitob boʻlsin yoki ahli kitob boʻlmasin, ular ham Islomga kirishlari kerak, ularga daʼvat kelgan. Boshqa chora yoʻq.

«Agar Islomga kirsalar, bas, batahqiq hidoyat topdilar.»

Hidoyat topishning yagona yoʻli bor, u ham boʻlsa, Islomga kirishdir. Boshqa yoʻllar toʻgʻri emas, hidoyat boʻla olmaydi.

«Agar yuz oʻgirsalar, sening zimmangda yetkazish, xolos.»

Paygʻambar alayhissalomning bu boradagi vazifalari, zimmalariga yuklangan majburiyat yetkazib qoʻyish–hidoyat nima ekanligini, odamlar qaysi yoʻlga yursalar, najot topishlarini bayon qilish, xolos.

«Alloh bandalarni koʻrib turuvchidir».

Koʻrib turganidan har bir bandaning nima qilganini, qaysi yoʻlga yurganini yaxshi biladi. Va amaliga yarasha jazo yoki mukofot beradi.

Keyingi oyatda Islomga kirmay yuz oʻgirib ketganlarning oqibati nima boʻlishining bayoni keladi: