QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят19

إِنَّ ٱلدِّينَ عِندَ ٱللَّهِ ٱلْإِسْلَـٰمُ ۗ وَمَا ٱخْتَلَفَ ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْكِتَـٰبَ إِلَّا مِنۢ بَعْدِ مَا جَآءَهُمُ ٱلْعِلْمُ بَغْيًۢا بَيْنَهُمْ ۗ وَمَن يَكْفُرْ بِـَٔايَـٰتِ ٱللَّهِ فَإِنَّ ٱللَّهَ سَرِيعُ ٱلْحِسَابِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Allohning huzuridagi din Islomdir. Kitob berilganlar faqat ularga ilm kelgandan so`ng, o`zaro hasad qilishibgina ixtilof qildilar. Kim Allohning oyatlariga kufr keltirsa, bas, albatta, Alloh hisobni tezda qiluvchidir.Албатта, Аллоҳнинг ҳузуридаги дин Исломдир. Китоб берилганлар фақат уларга илм келгандан сўнг, ўзаро ҳасад қилишибгина ихтилоф қилдилар. Ким Аллоҳнинг оятларига куфр келтирса, бас, албатта, Аллоҳ ҳисобни тезда қилувчидир.Alauddin Mansour: Albatta, Alloh nazdida maqbul boʻladigan din faqat Islom dinidir. Ahli kitoblar (yahudiy va nasroniylar) ularga (Islom va Muhammadning haq paygʻambarligi haqida) hujjat kelganidan keyin faqat oʻzaro hasad-adovat qilganlari sababligina talashib-tortishdilar. Kim Allohning oyatlariga kofir boʻlsa, bas, albatta Alloh tez hisob-kitob qilguvchi Zotdir.Албатта, Аллоҳ наздида мақбул бўладиган дин фақат Ислом динидир. Аҳли китоблар (яҳудий ва насронийлар) уларга (Ислом ва Муҳаммаднинг ҳақ пайғамбарлиги ҳақида) ҳужжат келганидан кейин фақат ўзаро ҳасад-адоват қилганлари сабаблигина талашиб-тортишдилар. Ким Аллоҳнинг оятларига кофир бўлса, бас, албатта Аллоҳ тез ҳисоб-китоб қилгувчи Зотдир.

52-sahifa · 3-juz · 6-hizb52-саҳифа · 3-жуз · 6-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаٱلدِّينَdinдинعِندَhuzuridagiҳузуридагиٱللَّهِAllohningАллоҳнингٱلْإِسْلَـٰمُ ۗIslomdirИсломдирوَمَاva emasва эмасٱخْتَلَفَixtilof qildilarихтилоф қилдиларٱلَّذِينَularуларأُوتُوا۟berilganlarберилганларٱلْكِتَـٰبَkitobкитобإِلَّاmagar (faqat)магар (фақат)مِنۢ-dan-данبَعْدِsoʻngсўнгمَا...gandan...ганданجَآءَهُمُularga kelganуларга келганٱلْعِلْمُilmилмبَغْيًۢاhasad qilishibҳасад қилишибبَيْنَهُمْ ۗoʻzaroўзароوَمَنva kimва кимيَكْفُرْkufr keltirsaкуфр келтирсаبِـَٔايَـٰتِoyatlarigaоятларигаٱللَّهِAllohningАллоҳнингفَإِنَّbas, albattaбас, албаттаٱللَّهَAllohАллоҳسَرِيعُtezda qiluvchidirтезда қилувчидирٱلْحِسَابِhisobniҳисобни
TafsirТафсир

Ibodatga sazovorlik yagona zotga xos boʻlganidan keyin, din yuritish ham yagona zotning ishi boʻlishi kerak-da. Oʻsha zotga sigʻinish, Uning amrlariga boʻysunib, aytganlarini qilib yashash uslubi ham bir xil boʻlishi kerak. Shu boisdan:

«Albatta, Allohning huzuridagi din Islomdir».

Allohning huzurida Islomdan boshqa din yoʻq. Yahudiy, nasroniy, buddiy yoki yana boshqa har xil dinlar Allohning huzurida eʼtiborini yoʻqotgan dinlardir. Ularga eʼtiqod va amal qilganlar behuda yuribdilar.

Dunyoda Alloh yagona boʻlganidan keyin, aqiyda ham yagona boʻlishi kerak. U Islom aqiydasidir.

Dunyoda Alloh yagona boʻlganidan keyin, shariat ham yagona boʻlishi kerak. U Islom shariatidir.

Dunyoda Alloh yagona boʻlganidan keyin, din ham yagona boʻlishi kerak. U Islom dinidir.

Islom–bandalarning faqat Allohga toʻliq boʻysunishidir.

Islom–bandalarning faqat Alloh taologa toʻliq ibodat qilishidir.

Islom–bandalarning faqat Alloh taolo koʻrsatgan yoʻldan yurishidir.

Islom–bandalarning faqat Alloh taoloni ibodatga sazovor yagona zot deb tan olishidir.

Islom–bandalarning faqat Alloh taoloni oʻzlari ustidan yagona qoim turuvchi deb tan olishlaridir.

Musulmonlardan boshqalar bu haqiqatni tushunib yetmaydilar, ixtilof qiladilar. Ularning ixtiloflari sababini kelasi jumla bayon qilib beradi:

«Kitob berilganlar faqat ularga ilm kelgandan soʻng, oʻzaro hasad qilishibgina ixtilof qildilar».

Ahli kitobning kelishmovchiligi ilmsizlikdan, johillikdan emas. Ularga Alloh tomonidan ilm kelgan edi. Ular Allohning yagonaligini, ibodatga sazovorlikda ham yagonaligini, bandalarning vazifasi nimadan iborat ekanligini yaxshi bilar edilar. Bilib turib ixtilof qildilar.

Yahudiylik va masiyhiylik tarixini oʻrgangan olimlar, hatto, ularning oʻz millatlaridan boʻlgan tarixchilar ilmiy bahslardan soʻng shuni eʼtirof etishganki, bu ikki diyonatdagi ixtiloflar va mazhablarning kelib chiqishiga doir siyosiy tortishuvlar oʻzaro hasad va siyosiy nufuzni oshirish maqsadida qilingan harakatlarning natijasidir. Demak, ular bu buzgʻunchiliklarni bilib turib, qasddan qilganlar. Shu boisdan ham:

«Kim Allohning oyatlariga kufr keltirsa, bas, Alloh hisobini tez qiluvchidir», deyilmoqda.

Ahli kitobning oʻzaro hasad va dushmanlik tufayli ixtilof qilishlari «Allohning oyatlariga kufr keltirish» deb baholanmoqda. Kufr keltirganlarga esa, hisobni tez qiluvchi sifatiga ega boʻlgan Alloh tezda jazosini beradi.

Soʻngra, Alloh taolo kelasi oyatda Paygʻambari Muhammad alayhissalomga ahli kitob va mushriklar bilan orani ochiq qiladigan gapni oʻrgatib, ularga gapni choʻrt kesgin-da, ochiq-oydin yoʻlingda bardavom boʻlaver, deya buyurmoqda: