QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят18

شَهِدَ ٱللَّهُ أَنَّهُۥ لَآ إِلَـٰهَ إِلَّا هُوَ وَٱلْمَلَـٰٓئِكَةُ وَأُو۟لُوا۟ ٱلْعِلْمِ قَآئِمًۢا بِٱلْقِسْطِ ۚ لَآ إِلَـٰهَ إِلَّا هُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh adolat ila turib, albatta, Undan o`zga iloh yo`qligiga shohidlik berdi. Farishtalar va ilm egalari ham. Undan o`zga iloh yo`q. U aziyz va hakiym Zotdir.Аллоҳ адолат ила туриб, албатта, Ундан ўзга илоҳ йўқлигига шоҳидлик берди. Фаришталар ва илм эгалари ҳам. Ундан ўзга илоҳ йўқ. У азийз ва ҳакийм Зотдир.Alauddin Mansour: Alloh, farishtalar va ilm ahllari — yolgʻiz Allohdan oʻzga hech qanday iloh yoʻq, faqat Uning Oʻzi borligiga guvohlik berdilar. U adolat bilan turguvchi — hukm qilguvchidir. Hech qanday iloh yoʻq, faqat Uning Oʻzi bor. U qudratli, hikmat egasidir.Аллоҳ, фаришталар ва илм аҳллари — ёлғиз Аллоҳдан ўзга ҳеч қандай илоҳ йўқ, фақат Унинг Ўзи борлигига гувоҳлик бердилар. У адолат билан тургувчи — ҳукм қилгувчидир. Ҳеч қандай илоҳ йўқ, фақат Унинг Ўзи бор. У қудратли, ҳикмат эгасидир.

52-sahifa · 3-juz · 6-hizb52-саҳифа · 3-жуз · 6-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
شَهِدَshohidlik berdiшоҳидлик бердиٱللَّهُAllohАллоҳأَنَّهُۥalbatta, Uалбатта, Уلَآyoʻqйўқإِلَـٰهَilohилоҳإِلَّاmagar (oʻzga)магар (ўзга)هُوَUУوَٱلْمَلَـٰٓئِكَةُva farishtalarва фаришталарوَأُو۟لُوا۟va egalariва эгалариٱلْعِلْمِilmилмقَآئِمًۢاqoim turibқоим турибبِٱلْقِسْطِ ۚadolat ilaадолат илаلَآyoʻqйўқإِلَـٰهَilohилоҳإِلَّاmagar (oʻzga)магар (ўзга)هُوَUУٱلْعَزِيزُazizазизٱلْحَكِيمُhakimҳаким
TafsirТафсир

Eʼtibor berilsa, bu oyati karima suraning eng avvalida zikr qilingan haqiqatni yana bir bor taʼkidlamoqda. Faqat, bu yerda oʻsha haqiqat ishonarli, rad etib boʻlmas guvohlar bilan taʼkidlanmoqda. Biror narsaning haqligini isbotlash uchun Allohning guvohligidan ham kuchliroq guvohlik bormi! Buning ustiga, yana Allohning muqarrab farishtalari va ilm egasi boʻlgan bandalari ham guvohlik berib tursa, bu haqiqat hech inkor etib boʻlmaydigan narsaga aylanadi!

Alloh taolo ibodatga sazovorlikda yagona, bandalar ustidan adolat ila qoim boʻlishlikda yagona boʻlishi bilan birga, «U aziz va hakim zotdir» ham. Har qanday ishni qila oladigan gʻolib, Uning irodasini birov toʻsa olmaydigan Zotdir. U shunday zotki, har bir ishni hikmat ila qiladi.

Imom Ahmad rivoyat qilgan hadisda Zubayr ibn Avom roziyallohu anhu:

«Arafotda Paygʻambar alayhissalomning «Shahidallohu...» oyatini oʻqib turib, «Va men ham shunga shohiddurman, ey Robbim», deganlarini eshitdim», deydilar.

Ushbu oyatda zikr qilingan haqiqatni–Alloh taoloning ibodatga sazovorlikda yagona ekanligidan kelib chiqadigan natijani kelasi oyat zikr etadi: