QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят17

ٱلصَّـٰبِرِينَ وَٱلصَّـٰدِقِينَ وَٱلْقَـٰنِتِينَ وَٱلْمُنفِقِينَ وَٱلْمُسْتَغْفِرِينَ بِٱلْأَسْحَارِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sabr qiluvchilar, sodiqlar, doimiy toat qiluvchilar, nafaqa qiluvchilar va saharda istig`for aytuvchilardir.Сабр қилувчилар, содиқлар, доимий тоат қилувчилар, нафақа қилувчилар ва саҳарда истиғфор айтувчилардир.Alauddin Mansour: Ular sabr-qanoatli, iymonlarida sodiq, ibodat-itoatli, infoq-ehsonli boʻlgan va saharlarda Allohdan magʻfirat tilaydigan kishilardir.Улар сабр-қаноатли, иймонларида содиқ, ибодат-итоатли, инфоқ-эҳсонли бўлган ва саҳарларда Аллоҳдан мағфират тилайдиган кишилардир.

52-sahifa · 3-juz · 6-hizb52-саҳифа · 3-жуз · 6-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱلصَّـٰبِرِينَsabr qiluvchilarсабр қилувчиларوَٱلصَّـٰدِقِينَva sodiqlarва содиқларوَٱلْقَـٰنِتِينَva doimiy toat qiluvchilarва доимий тоат қилувчиларوَٱلْمُنفِقِينَva nafaqa qiluvchilarва нафақа қилувчиларوَٱلْمُسْتَغْفِرِينَva istigʻfor aytuvchilarва истиғфор айтувчиларبِٱلْأَسْحَارِsaharlardaсаҳарларда
TafsirТафсир

Ushbu sifatlar Islom jamiyati aʼzolarining har biri uchun zaruriy sifatlardir.

Sabr qiluvchilikda mashaqqatlarga chidash, iymon taqozo qiladigan ishlarni amalga oshirish, Allohning hukmini rozilik bilan qabul qilish va boshqa koʻpgina fazilatlar bor.

Sodiqlikda oʻzi ishongan haq bilan izzatli boʻlish, zaiflikdan ustun turish maʼnolari bor.

Allohga doimiy toat qiluvchilikda esa, Parvardigori olamning haqqini ado etish, bandalik vazifasini bajarish maʼnolari bor.

Nafaqa qiluvchilikda, mol sarflashda saxiylik, molga sigʻinish dardlaridan halos boʻlish, odamlar oʻrtasida insoniy birodarlik burchlarini ado etish maʼnolari bor.

Saharda istigʻfor aytuvchilik esa, eng goʻzal va sof chogʻda Alloh taologa dardini ochib solishdir.

Mazkur sifatlarga ega boʻlgan odamlar uchun barcha nozu neʼmat, rohat-farogʻat ustiga Alloh taolodan rozilik ham bor.

Sahar chogʻida qalb musaffo, ruh tinch boʻladi, u vaqtda bedor boʻlishning oʻzi katta fazl hisoblanadi. Boz ustiga, u vaqtda istigʻfor aytish yuksak martabalarga erishtiradi.

Ulugʻ sahobalardan Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu kechasi namoz oʻqib boʻlib, xizmatchilaridan: «Ey Nofeʼ, sahar kirdimi?» deb soʻrardilar. Agar Nofeʼ, ha, desa, tong otguncha duo va istigʻfor bilan mashgʻul boʻlar edilar.

Suraning avvalidan hozirigacha Allohning tavhidi–yagonaligi va Uning ibodatga sazovorlikda, bandalar ustidan qoimlikda ham yagona Oʻzi haqdor ekanligi, ilohiy kitob va Paygʻambarliklarning ham manbai bir ekanligi va bu haqiqatlarga odamlarning munosabati haqida soʻz bordi. Endigi oyatlarda esa, oʻsha haqiqatlarning voqelikda, kishilar hayotida namoyon boʻlishi toʻgʻrisida soʻz ketadi. Avvalo, oldingi haqiqat yana bir bor taʼkidlab olinadi.