ٱلَّذِينَ يَقُولُونَ رَبَّنَآ إِنَّنَآ ءَامَنَّا فَٱغْفِرْ لَنَا ذُنُوبَنَا وَقِنَا عَذَابَ ٱلنَّارِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Robbimiz, albatta, biz iymon keltirdik, bizning gunohlarimizni mag`firat qilgin va do`zax azobidan saqlagin», deydiganlardir.Улар: «Роббимиз, албатта, биз иймон келтирдик, бизнинг гуноҳларимизни мағфират қилгин ва дўзах азобидан сақлагин», дейдиганлардир.Alauddin Mansour: Ular: «Parvardigoro, bizlar Senga iymon keltirganmiz, endi Oʻzing gunohlarimizni magʻfirat ayla va bizni jahannam azobidan asra», deydilar.Улар: «Парвардигоро, бизлар Сенга иймон келтирганмиз, энди Ўзинг гуноҳларимизни мағфират айла ва бизни жаҳаннам азобидан асра», дейдилар.
Ushbu duoning oʻzidan ularning taqvodorliklari bilinib turibdi. Ular iymon keltirganliklarini eʼlon qilib, Parvardigorlaridan gunohlarini kechishini va doʻzax azobidan saqlashni soʻrashmoqda. Shundan duoning ahamiyati juda ham ulugʻ ekanini bilib olsak boʻladi. Banda doimiy ravishda, barcha narsada Alloh taologa yolborib turmasa, taqvodor boʻlishi amri mahol.
Ular: