QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят23

أَلَمْ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ نَصِيبًا مِّنَ ٱلْكِتَـٰبِ يُدْعَوْنَ إِلَىٰ كِتَـٰبِ ٱللَّهِ لِيَحْكُمَ بَيْنَهُمْ ثُمَّ يَتَوَلَّىٰ فَرِيقٌ مِّنْهُمْ وَهُم مُّعْرِضُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kitobdan nasiba berilganlarga qaramaysanmi?! Oralarida hukm yuritish uchun Allohning kitobiga chaqirilganlarida ulardan bir guruhlari yuz o`girib ortga qaytarlar.Китобдан насиба берилганларга қарамайсанми?! Ораларида ҳукм юритиш учун Аллоҳнинг китобига чақирилганларида улардан бир гуруҳлари юз ўгириб ортга қайтарлар.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Kitobdan (Tavrotdan) nasibador boʻlgan kimsalar oralarida hakamlik qilsin uchun Allohning Kitobiga chaqirilganlarni, soʻngra ulardan bir guruhi yuz oʻgirgan hollarida burilib ketganlarini koʻrmadingizmi?(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Китобдан (Тавротдан) насибадор бўлган кимсалар ораларида ҳакамлик қилсин учун Аллоҳнинг Китобига чақирилганларни, сўнгра улардан бир гуруҳи юз ўгирган ҳолларида бурилиб кетганларини кўрмадингизми?

53-sahifa · 3-juz · 6-hizb53-саҳифа · 3-жуз · 6-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَلَمْemasmiэмасмиتَرَqaraysanқарайсанإِلَى-ga-гаٱلَّذِينَoʻshalargaўшаларгаأُوتُوا۟berilganберилганنَصِيبًۭاnasibaнасибаمِّنَ-dan-данٱلْكِتَـٰبِkitobкитобيُدْعَوْنَchaqiriladilarчақириладиларإِلَىٰ-ga-гаكِتَـٰبِkitobigaкитобигаٱللَّهِAllohningАллоҳнингلِيَحْكُمَhukm yuritish uchunҳукм юритиш учунبَيْنَهُمْoralaridaораларидаثُمَّsoʻngraсўнграيَتَوَلَّىٰyuz oʻgirib ortga qaytadiюз ўгириб ортга қайтадиفَرِيقٌۭbir guruhбир гуруҳمِّنْهُمْulardanуларданوَهُمva ularва уларمُّعْرِضُونَyuz oʻgiruvchilardirюз ўгирувчилардир
TafsirТафсир

Ushbu oyatdagi savol taajjub uchundir. Undagi «Qaramaysanmi?!» soʻzi «Ajablanmaysanmi?!» degan maʼnoni anglatadi.

«Kitobdan nasiba berilganlarga qaramaysanmi?!» degani–Avvalgi ilohiy kitobga ahl boʻlib yurgan odamlarning qilayotgan ishlaridan taajjublanmaysanmi?! deganidir. Ularning qaysi ishlari bunday taajjubga sabab boʻlgan ekan?

«Oralarida hukm yuritish uchun Allohning kitobiga chaqirilganlarida, ulardan bir guruhlari yuz oʻgirib, ortga qaytarlar».

Oʻzlari ahli kitob ekanliklari bilan faxrlanib yurishadi. Bizga Allohning kitobi tushgan, unga amal qilib, baxt-saodatga erishamiz, deb daʼvo qilishadi. Lekin vaqti kelib, Allohning ularga tushirgan kitobi asosida oralarida paydo boʻlgan tortishuvli masalada hukm chiqarish taklif qilinsa, bu taklifni qabul qilmay, yuz oʻgirib ketadilar. Bu faqat nazariy faraz emas, balki amalda ham tasdigʻi tajribadan oʻtgan.

Ibn Ishoq rivoyat qiladilarki, Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom Baytulmidrosda bir guruh yahudiylarni Allohning diniga chaqirganlarida, ulardan Noʻʼmon ibn Amr va Hars ibn Zayd deganlari:

«Ey Muhammad, sen qaysi dindasan?»–dedilar. U zot alayhissalom:

«Ibrohim millati va dinidaman»,–dedilar. Ular:

«Ibrohim yahudiy boʻlgan»,–deyishdi. Shunda Paygʻambar alay- hissalom:

«Undoq boʻlsa, kelinglar, shu masalani Tavrotdan koʻraylik», deganlarida, ular bosh tortdilar.

Boshqa bir rivoyatda kelishicha, yahudiylardan bir kishi bir ayol bilan zino qilib qoʻlga tushadi. U vaqtda Islomda zinokorni toshboʻron qilish hukmi tushmagan edi. Haligi yahudiy erkak va ayol zinokorlar obroʻli kishilardan edi. Shunga eʼtiboran, yengillik boʻlib qolsa ajab emas, deb Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalomning oldilariga zinokorlarni olib kelib, hukm chiqarishni soʻrashdi. Paygʻambar alayhissalom:

«Oʻz kitoblaringiz bilan hukm chiqaraman», dedilar-da, ikkovini toshboʻron qilishga buyurdilar. Yahudiylar: bunday hukm yoʻq, deb inkor etishdi. Shunda Tavrotni olib kelindi. Yahudiylarning diniy olimi Ibn Suriyo toshboʻron qilish haqidagi amr yozilgan joyga qoʻlini qoʻyib berkitdi. Shunda yahudiylardan iymonga kelgan ulugʻ sahobiy Abdulloh ibn Salom roziyallohu anhu bu holdan Paygʻambar alayhissalomni ogoh etdi. Paygʻambar alayhissalom Ibn Suriyoga:

«Qoʻlingni koʻtar!» degan edilar, koʻtarsa, toshboʻron qilish hukmi koʻrindi. Rasululloh alayhissalom ikkala zinokorni toshboʻron qilishga buyurdilar. Yahudiylar norozi boʻldilar.

Botil dinda turib, buzilgan kitob asosida hukm chiqarishdan bosh tortadiganlarga munosabat shunchalik boʻlsa, Islomdek haq dindaligini daʼvo qilib turib, Allohning oxirgi va buzilmas kitobi asosida hukm chiqarishdan bosh tortganlarning holi nima boʻlar ekan?!

Keyingi oyat ularning nega bunday tortishganining sababini bayon qiladi: