ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ قَالُوا۟ لَن تَمَسَّنَا ٱلنَّارُ إِلَّآ أَيَّامًا مَّعْدُودَٰتٍ ۖ وَغَرَّهُمْ فِى دِينِهِم مَّا كَانُوا۟ يَفْتَرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Buning sababi — ularning: «Bizga sanoqli kunlardan boshqa hech o`t tegmas», deganlaridadir. To`qigan narsalari ularni dinlarida adashtirdi.Бунинг сабаби — уларнинг: «Бизга саноқли кунлардан бошқа ҳеч ўт тегмас», деганларидадир. Тўқиган нарсалари уларни динларида адаштирди.Alauddin Mansour: Bunga (yaʼni, adolatli hukmdan yuz oʻgirishlariga) sabab ularning: «Bizga faqat sanoqli kunlardagina doʻzax oʻti tegadi», deyishlaridir. Oʻzlari toʻqigan bu yolgʻonlari ularni dinlaridan adashtirib qoʻydi.Бунга (яъни, адолатли ҳукмдан юз ўгиришларига) сабаб уларнинг: «Бизга фақат саноқли кунлардагина дўзах ўти тегади», дейишларидир. Ўзлари тўқиган бу ёлғонлари уларни динларидан адаштириб қўйди.
Demak, mazkur ahli kitoblar Allohning kitobi asosida hukm yuritishdan qoʻrqmasdan yuz oʻgirishlari qiyomat kunida aniq hisob- kitob boʻlishiga, amallar zarra miqdorida boʻlsa ham oʻlchanib, hammaga qilganiga yarasha adolat bilan jazo berilishiga ishonmasliklari sababidan ekan.
«Ularning: «Bizga sanoqli kunlardan boshqa hech oʻt tegmas» degan soʻzlari shuni koʻrsatadi.
Demak, ular eʼtiqodlari boʻyicha, sanoqli kunlargina doʻzaxda turib, keyin undan ozod boʻlamiz, deb eʼtiqod qiladilar. Shunday boʻlganidan keyin ularning fikricha, oʻzini qiynab Allohning kitobi boʻyicha hukm yuritishdan foyda yoʻq.
Xoʻsh, bu eʼtiqodni ular qayerdan olishgan? Allohdan xabar kelganmi? Paygʻambarlaridan ruxsat boʻldimi? Yoki biror ishonchli manbadan tasdiq bormi? Yoʻq! Ular bu buzuq eʼtiqodni oʻzlari toʻqib olishgan.
«Toʻqigan narsalari ularni dinlarida adashtirdi.»
Aks holda Allohga, oxiratga iymoni bor odam Allohning kitobi asosida hukm yuritishdan bosh tortarmidi?!
Allohga va oxiratga iymoni bor odam qiyomatdagi holatlar haqida buzuq eʼtiqod qilarmidi?!
Bu gaplar oʻzlarini musulmon deb daʼvo qilib, koʻz-koʻz qilib yurgan, ammo Qurʼoni Karim hukmi asosida hayot kechirishdan bosh tortayotganlarga ham tegishlidir.
Agar kimki ushbu buzuq eʼtiqod bilan, Allohning kitobi asosida hukm yuritishdan bosh tortib, bu dunyodan oʻtib ketsa: