فَكَيْفَ إِذَا جَمَعْنَـٰهُمْ لِيَوْمٍ لَّا رَيْبَ فِيهِ وَوُفِّيَتْ كُلُّ نَفْسٍ مَّا كَسَبَتْ وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Unda, bo`lishida shubha yo`q kunda ularni jamlaganimizda va har bir jon zulm qilinmasdan, qilganiga yarasha jazosini olganda, hollari qanday bo`ladir?Унда, бўлишида шубҳа йўқ кунда уларни жамлаганимизда ва ҳар бир жон зулм қилинмасдан, қилганига яраша жазосини олганда, ҳоллари қандай бўладир?Alauddin Mansour: Endi ularni hech shak-shubhasiz, keladigan Kunga toʻplaganimizda va har bir jon mazlum boʻlmagan holda qilgan amallari uchun toʻla jazo-mukofot berilganda qanday boʻlarkin?!Энди уларни ҳеч шак-шубҳасиз, келадиган Кунга тўплаганимизда ва ҳар бир жон мазлум бўлмаган ҳолда қилган амаллари учун тўла жазо-мукофот берилганда қандай бўларкин?!
Ushbu oyati karimada zikr qilinayotgan
«... boʻlishida shubha yoʻq kun»–qiyomat kunidir. Bu kunni hech kim inkor qila olmaydi. Hatto mazkur ahli kitoblar ham qiyomatning boʻlishiga ishonadilar. Shuning uchun ham: «Bizga sanoqli kunlardan boshqa hech oʻt tegmaydi», deyishmoqda.
Qiyomat kunining kelishiga shubha boʻlmaganidek, oʻsha kuni har bir jon adolat bilan, zulm qilinmasdan, qilganiga yarasha jazosini olishiga ham shubha yoʻq.
Oʻshanda bu dunyoda Allohning oyatlariga kufr keltirib, Allohning kitobi hukmi asosida yashashdan bosh tortganlarning holi qanday kechadi? Javob hammaga maʼlum.
Keyingi oyatlarda Alloh Paygʻambar alayhissalomga va barcha moʻminlarga Oʻziga yuzlanib iltijo qilishni tavsiya qiladi.