لَّا يَتَّخِذِ ٱلْمُؤْمِنُونَ ٱلْكَـٰفِرِينَ أَوْلِيَآءَ مِن دُونِ ٱلْمُؤْمِنِينَ ۖ وَمَن يَفْعَلْ ذَٰلِكَ فَلَيْسَ مِنَ ٱللَّهِ فِى شَىْءٍ إِلَّآ أَن تَتَّقُوا۟ مِنْهُمْ تُقَىٰةً ۗ وَيُحَذِّرُكُمُ ٱللَّهُ نَفْسَهُۥ ۗ وَإِلَى ٱللَّهِ ٱلْمَصِيرُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Mo`minlar mo`minlarni qo`yib, kofirlarni do`st tutmasinlar. Kim buni qilsa, bas, unga Allohdan hech narsa yo`q. Magar ulardan saqlansangiz, Alloh sizlarni O`z(azob)idan ogoh qiladir. Va qaytib borish Allohning O`zigadir.Мўминлар мўминларни қўйиб, кофирларни дўст тутмасинлар. Ким буни қилса, бас, унга Аллоҳдан ҳеч нарса йўқ. Магар улардан сақлансангиз, Аллоҳ сизларни Ўз(азоб)идан огоҳ қиладир. Ва қайтиб бориш Аллоҳнинг Ўзигадир.Alauddin Mansour: (Modomiki, barcha ish — butun mulk Allohning qoʻlida ekan, demak), moʻminlar moʻminlarni qoʻyib, kofirlarni doʻst tutmasinlar! Kim shunday qilsa, bas, Alloh tomonidan hech narsada emas (yaʼni, Allohga begonadir). Magar ulardan ehtiyot boʻlib tursalaringiz (yuzaki muomala qilsangiz joizdir), Alloh sizlarni Oʻzining (azobidan) ogoh qilur. Va faqat Allohga qaytajaksiz.(Модомики, барча иш — бутун мулк Аллоҳнинг қўлида экан, демак), мўминлар мўминларни қўйиб, кофирларни дўст тутмасинлар! Ким шундай қилса, бас, Аллоҳ томонидан ҳеч нарсада эмас (яъни, Аллоҳга бегонадир). Магар улардан эҳтиёт бўлиб турсаларингиз (юзаки муомала қилсангиз жоиздир), Аллоҳ сизларни Ўзининг (азобидан) огоҳ қилур. Ва фақат Аллоҳга қайтажаксиз.
Butun masala ayon boʻldi. Yaratguvchi–yagona Allohning Oʻzi. Hamma ish yagona Allohning qoʻlida. Mulk beruvchi ham yagona Alloh. Rizq beruvchi ham yagona Allohning Oʻzi. Butun olamning tadbirini qiluvchi ham yagona Allohning Oʻzi. Shunday ekan, moʻmin kishi, qalbida zarracha iymoni bor kishi qanday qilib Allohning dushmanlari boʻlmish kofirlarni oʻziga doʻst tutadi? Bu hech mumkin emas. Shuning uchun ham, Alloh taolo ushbu oyatda:
«Moʻminlar moʻminlarni qoʻyib, kofirlarni doʻst tutmasinlar», deb farmon qilmoqda.
«Kim buni qilsa, bas, unga Allohdan hech narsa yoʻq», degani– Allohga hech qanday aloqasi yoʻq, deganidir. Dinda ham, aqiydada ham, bogʻlanishda ham, doʻst tutishda ham Allohning amriga boʻysunmaydigan kofirni doʻst tutibdimi, oʻsha kofiri bilan boʻlaversin.
Islomda boshqa dindagilar bilan yaxshi aloqada boʻlishga ruxsat bor. Lekin doʻst tutish, hamma narsani kofirga ishonib topshirib qoʻyish mumkin emas.
Demak, kofirlar bilan doʻst boʻlib, ularga oʻzini ishonib topshirib boʻlmaydi. Faqat bir holatdagina, istisno tariqasida, yuzaki ravishda oʻzini kofirga doʻst qilib koʻrsatishi mumkin:
«Magar ulardan saqlansangiz».
Bunday tasarrufni «taqiyya» deb ataladi. Taqiyyada, oʻzini yuzakidan doʻst qilib koʻrsatib, jonni, molni va nomusni dushmanlardan saqlab qolishga harakat qilinadi.
«Alloh sizlarni Oʻz(azob)idan ogoh qiladir. Va qaytib borish Allohning Oʻzigadir».
Allohga taqvo qilganlar va Uning azobidan ogoh boʻlganlar doimo yutuqqa erishadilar. Xususan, Allohning huzuriga qaytib borganda najot topishlari aniq.
Keyingi oyat ushbu ogohlantirishni yana davom ettirib, Alloh doimo bandani kuzatib turishini taʼkidlaydi: