قُلْ إِن تُخْفُوا۟ مَا فِى صُدُورِكُمْ أَوْ تُبْدُوهُ يَعْلَمْهُ ٱللَّهُ ۗ وَيَعْلَمُ مَا فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۗ وَٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Agar qalbingizdagi narsani maxfiy tutsangiz ham, oshkor qilsangiz ham Alloh biladir. Va osmonlardagiyu yerdagi narsalarni ham biladir. Alloh har bir narsaga qodirdir», deb ayt.Сен: «Агар қалбингиздаги нарсани махфий тутсангиз ҳам, ошкор қилсангиз ҳам Аллоҳ биладир. Ва осмонлардагию ердаги нарсаларни ҳам биладир. Аллоҳ ҳар бир нарсага қодирдир», деб айт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Dillaringizdagi narsani xoh yashiring, xoh oshkor qiling, Alloh bilur. Va (shuningdek, U zot) osmonlar va Yerdagi bor narsani bilur. Alloh hamma narsaga qodirdir».(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «Дилларингиздаги нарсани хоҳ яширинг, хоҳ ошкор қилинг, Аллоҳ билур. Ва (шунингдек, У зот) осмонлар ва Ердаги бор нарсани билур. Аллоҳ ҳамма нарсага қодирдир».
Oyati karima Alloh taolo bandalarining barcha ishlaridan ochiq- oydin xabardor ekanligini shubhaga hech oʻrin qoʻymaydigan darajada bayon qilmoqda:
«Agar qalbingizdagi narsani maxfiy tutsangiz ham, oshkor qilsangiz ham Alloh biladir. Va osmonlardagiyu yerdagi narsalarni ham biladir».
Jumladan, kim maxfiy ravishda kofirlarni doʻst tutsa ham, biladi. Bilganidan soʻng, albatta, uning jazosini beradi. Chunki:
«Alloh har bir narsaga qodirdir».
Agar baʼzi bir hikmatga binoan, gunohkorni bu dunyoda jazolamasa ham, u dunyoda albatta jazolaydi.
Mazkur jazolash: