يَوْمَ تَجِدُ كُلُّ نَفْسٍ مَّا عَمِلَتْ مِنْ خَيْرٍ مُّحْضَرًا وَمَا عَمِلَتْ مِن سُوٓءٍ تَوَدُّ لَوْ أَنَّ بَيْنَهَا وَبَيْنَهُۥٓ أَمَدًۢا بَعِيدًا ۗ وَيُحَذِّرُكُمُ ٱللَّهُ نَفْسَهُۥ ۗ وَٱللَّهُ رَءُوفٌۢ بِٱلْعِبَادِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Har bir jon qilgan yaxshi amalini hozir topadigan va yomon amalining uzoq masofada bo`lishini istaydigan kunda. Alloh sizlarni O`z(azob)idan ogoh qiladir. Alloh bandalariga mehribon Zotdir.Ҳар бир жон қилган яхши амалини ҳозир топадиган ва ёмон амалининг узоқ масофада бўлишини истайдиган кунда. Аллоҳ сизларни Ўз(азоб)идан огоҳ қиладир. Аллоҳ бандаларига меҳрибон Зотдир.Alauddin Mansour: Har bir jon oʻz qilgan yaxshi amallarini hoziru nozir holda koʻradigan, yomon amallarining esa olis-olislarda qolib ketishini istaydigan Kunni (eslanglar)! Alloh sizlarni Oʻzining (azobidan) ogoh qilur. Alloh bandalariga mehribondir.Ҳар бир жон ўз қилган яхши амалларини ҳозиру нозир ҳолда кўрадиган, ёмон амалларининг эса олис-олисларда қолиб кетишини истайдиган Кунни (эсланглар)! Аллоҳ сизларни Ўзининг (азобидан) огоҳ қилур. Аллоҳ бандаларига меҳрибондир.
Kofirlar noqulay holatdan qutulishga har qancha harakat qilsalar ham qiyomat kunidan qutula olmaydilar.
«Har bir jon qilgan yaxshi amalini hozir topadigan va yomon amalining uzoq masofada boʻlishini istaydigan kunda.»
U kunda har bir jonning yaxshiligiyu yomonligi oxirigacha sarhisob qilinadi. Agar bandaning bu dunyodagi amallari yaxshi boʻlsa, xursandchilikka, baxtga, saodatga erishadi. Yomon boʻlsa, qani endi ushbu yomon amallar olis-olislarda boʻlsa edi, menga yaqin boʻlmasa edi, deb orzu qiladi. Lekin endi vaqt oʻtdi. Bunday orzudan foyda yoʻq.
«Alloh sizlarni Oʻz azobidan ogoh qiladir. Alloh bandalariga mehribon zotdir.»
Mehribonligidan, ularni qayta-qayta ogohlantirmoqda. U dunyoda azobga duchor boʻladiganlarga qoʻshilib qolmaslikka chaqirmoqda.
Kelasi oyati karimada yana Paygʻambar alayhissalomga nido qilinib, bandalarning najot yoʻli bayon etiladi.