قُلْ إِن كُنتُمْ تُحِبُّونَ ٱللَّهَ فَٱتَّبِعُونِى يُحْبِبْكُمُ ٱللَّهُ وَيَغْفِرْ لَكُمْ ذُنُوبَكُمْ ۗ وَٱللَّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Agar Allohga muhabbat qilsangiz, bas, menga ergashing. Alloh sizga muhabbat qiladir va sizlarning gunohlaringizni mag`firat qiladir», deb ayt. Alloh G`afur va Rohiymdir.Сен: «Агар Аллоҳга муҳаббат қилсангиз, бас, менга эргашинг. Аллоҳ сизга муҳаббат қиладир ва сизларнинг гуноҳларингизни мағфират қиладир», деб айт. Аллоҳ Ғафур ва Роҳиймдир.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Agar Allohni sevsangiz, menga ergashinglar. Shunda Alloh sizlarni sevadi va gunohlaringizni magʻfirat qiladi. Alloh (gunohlarni) magʻfirat qilguvchi, mehribondir».(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «Агар Аллоҳни севсангиз, менга эргашинглар. Шунда Аллоҳ сизларни севади ва гуноҳларингизни мағфират қилади. Аллоҳ (гуноҳларни) мағфират қилгувчи, меҳрибондир».
Allohga muhabbat, iymon quruq gaplar emas. Odamlar orasida oʻzining iymoni borligini, Allohga muhabbati borligini aytishi bilan sobit boʻladigan narsa ham emas. Allohga haqiqiy muhabbat, haqiqiy iymon ogʻizda aytiladigan gap, vijdoniy his-tuygʻu yoki baʼzi rasm-rusumlarni ado etishdan iborat ish emas. Aslida, u, Allohga va Uning Rasuliga toʻliq boʻysunishdan iboratdir.
«Agar Allohga muhabbat qilsangiz, bas, menga ergashing».
Kim Allohga muhabbati borligidan daʼvo qilsa, bu daʼvoning toʻgʻri yoki notoʻgʻriligiga hukm Paygʻambar alayhissalomga ergashishiga qarab chiqariladi. Agar u Paygʻambar alayhissalomga toʻgʻri ergashsa, daʼvosi toʻgʻri. Ergashmasa, toʻgʻri emas. Paygʻambar alayhissolatu vassalomga ergashish har bir bandaga bitmas-tuganmas baxt- saodat keltiradi. Bu narsa oyatda quyidagicha bayon qilinmoqda:
«Alloh sizga muhabbat qiladir va sizlarning gunohlaringizni magʻfirat qiladir».
Moʻmin banda uchun Allohning muhabbatidan ham yaxshiroq baxt- saodat bormi! Buning ustiga, uning gunohlarini ham magʻfirat qilib tursa!
Ha, ey bandalar!