قُلْ أَطِيعُوا۟ ٱللَّهَ وَٱلرَّسُولَ ۖ فَإِن تَوَلَّوْا۟ فَإِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ ٱلْكَـٰفِرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohga va Rasulga itoat qiling. Bas, agar ortga qaytsangiz, Alloh, albatta, kofirlarga muhabbat qilmas.Аллоҳга ва Расулга итоат қилинг. Бас, агар ортга қайтсангиз, Аллоҳ, албатта, кофирларга муҳаббат қилмас.Alauddin Mansour: Ayting: «Alloh va paygʻambarga itoat qilingiz!» Agar yuz oʻgirsalar, bas, albatta Alloh (bunday) kofirlarni sevmas.Айтинг: «Аллоҳ ва пайғамбарга итоат қилингиз!» Агар юз ўгирсалар, бас, албатта Аллоҳ (бундай) кофирларни севмас.
Allohga va Paygʻambar alayhissalomga itoat qilish har bir moʻmin bandaning burchidir. Oyati karimadan koʻrinib turibdiki, Allohga va Paygʻambar alayhissalomga itoat qilmay, ortga qaytish kofirlikdir. Kim shu ishni qilsa, unga Alloh muhabbat qilmaydi.
Alloh taolo Oʻzining muhabbati Paygʻambarga ergashishsiz batamom boʻlmasligini bayon qilganidan soʻng, keyingi oyatlarda Paygʻambarlarning darajalari ulugʻligini, ularning sharaflari yuksakligini bayon qiladi.
Avvalo, Odam alayhissalomdan boshlab, keyin bashariyatning ikkinchi otasi Nuh alayhissalom haqida soʻz yuritadi.
Soʻngra, Oli Ibrohim haqida soʻz yuritib, ularning ichiga Muhammad alayhissalomni ham qoʻshadi. Chunki, u zot Ismoil alayhissalomning zurriyotlaridandirlar.
Oxirida Oli Imron haqida soʻz yuritib, ularga Iyso alayhissalomni ham qoʻshadi. Keyin esa, Maryam, Yahyo va Iyso alayhimussalomlarning moʻʼjizakor tugʻilishlari haqida qissalar keltiriladi.