۞ إِنَّ ٱللَّهَ ٱصْطَفَىٰٓ ءَادَمَ وَنُوحًا وَءَالَ إِبْرَٰهِيمَ وَءَالَ عِمْرَٰنَ عَلَى ٱلْعَـٰلَمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Alloh Odamni, Nuhni, Oli Ibrohimni, Oli Imronni olamlar ustidan tanlab oldi.Албатта, Аллоҳ Одамни, Нуҳни, Оли Иброҳимни, Оли Имронни оламлар устидан танлаб олди.Alauddin Mansour: Albatta, Alloh Odam va Nuhni hamda Ibrohim xonadonini va Imron xonadonini butun olamlar ustida (paygʻambarlik uchun) tanlab oldi.Албатта, Аллоҳ Одам ва Нуҳни ҳамда Иброҳим хонадонини ва Имрон хонадонини бутун оламлар устида (пайғамбарлик учун) танлаб олди.
Ushbu oyatlar avvalida Alloh taolo Odam va Nuh alayhissalomlarning yolgʻiz oʻzlarini, Ibrohim va Imron alayhissalomlarni esa, sulolalarini ham qoʻshib zikr qildi:
«Albatta, Alloh Odamni, Nuhni, Oli Ibrohimni, Oli Imronni olamlar ustidan tanlab oldi».
Nega? Chunki, Odam va Nuh alayhissalomlar yolgʻiz oʻzlari Paygʻambar boʻlganlar. Ibrohim va Imron alayhissalomlar zurriyotlaridan bevosita Paygʻambarlar sulolasi tarqalgan. Bu, nasab yoki qarindoshlik asosidagi Paygʻambarlik sulolasi emas, balki aqiyda asosidagi suloladir. Bu haqiqat Ibrohim alayhissalom Allohga iltijo qilib, zurriyotlaridan ham Paygʻambar chiqarishini soʻraganlarida bayon qilingan («Baqara» surasi).
Keyingi oyat Oli Ibrohim va Oli Imron orasida qarindoshlik borligini taʼkidlaydi:
«Baʼzilari baʼzilariga zurriyotdir».
Ushbu umumiy bayondan soʻng bevosita Oli Imron haqida va Bibi Maryamning tavalludlari haqida soʻz ochiladi.