QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят34

ذُرِّيَّةًۢ بَعْضُهَا مِنۢ بَعْضٍ ۗ وَٱللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ba'zilari ba'zilariga zurriyotdir. Alloh eshituvchi, biluvchi Zotdir.Баъзилари баъзиларига зурриётдир. Аллоҳ эшитувчи, билувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Ularning birovlari birovlariga zurriyot (edilar). Alloh eshitguvchi, bilguvchidir.Уларнинг бировлари бировларига зурриёт (эдилар). Аллоҳ эшитгувчи, билгувчидир.

54-sahifa · 3-juz · 6-hizb54-саҳифа · 3-жуз · 6-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ذُرِّيَّةًۢzurriyotdirзурриётдирبَعْضُهَاbaʼzilariбаъзилариمِنۢ-dan-данبَعْضٍۢ ۗbaʼzilariбаъзилариوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳسَمِيعٌeshituvchiэшитувчиعَلِيمٌbiluvchi zotdirбилувчи зотдир
TafsirТафсир

Ushbu oyatlar avvalida Alloh taolo Odam va Nuh alayhissalomlarning yolgʻiz oʻzlarini, Ibrohim va Imron alayhissalomlarni esa, sulolalarini ham qoʻshib zikr qildi:

«Albatta, Alloh Odamni, Nuhni, Oli Ibrohimni, Oli Imronni olamlar ustidan tanlab oldi».

Nega? Chunki, Odam va Nuh alayhissalomlar yolgʻiz oʻzlari Paygʻambar boʻlganlar. Ibrohim va Imron alayhissalomlar zurriyotlaridan bevosita Paygʻambarlar sulolasi tarqalgan. Bu, nasab yoki qarindoshlik asosidagi Paygʻambarlik sulolasi emas, balki aqiyda asosidagi suloladir. Bu haqiqat Ibrohim alayhissalom Allohga iltijo qilib, zurriyotlaridan ham Paygʻambar chiqarishini soʻraganlarida bayon qilingan («Baqara» surasi).

Keyingi oyat Oli Ibrohim va Oli Imron orasida qarindoshlik borligini taʼkidlaydi:

«Baʼzilari baʼzilariga zurriyotdir».

Ushbu umumiy bayondan soʻng bevosita Oli Imron haqida va Bibi Maryamning tavalludlari haqida soʻz ochiladi.