إِذْ قَالَتِ ٱمْرَأَتُ عِمْرَٰنَ رَبِّ إِنِّى نَذَرْتُ لَكَ مَا فِى بَطْنِى مُحَرَّرًا فَتَقَبَّلْ مِنِّىٓ ۖ إِنَّكَ أَنتَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Imronning xotini: «Ey Robbim! Albatta, men qornimdagini O`zingga xolis nazr qildim. Bas, mendan qabul et. Albatta, Sening O`zing eshituvchi, biluvchi zotsan», deganini esla!Имроннинг хотини: «Эй Роббим! Албатта, мен қорнимдагини Ўзингга холис назр қилдим. Бас, мендан қабул эт. Албатта, Сенинг Ўзинг эшитувчи, билувчи зотсан», деганини эсла!Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Imronning xotini: «Parvardigorim, men qornimdagi narsani (homilani dunyo ishlaridan) ozod etib, Senga nazr qildim. Bas, (bu nazrimni Oʻz dargohingda) qabul ayla! Albatta, Sen eshitguvchi, bilguvchisan», deganini eslang!(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Имроннинг хотини: «Парвардигорим, мен қорнимдаги нарсани (ҳомилани дунё ишларидан) озод этиб, Сенга назр қилдим. Бас, (бу назримни Ўз даргоҳингда) қабул айла! Албатта, Сен эшитгувчи, билгувчисан», деганини эсланг!
Oyatni oʻqigan yoki eshitgan odam hazrati Imronning xotinlari, Bibi Maryamning onalari naqadar taqvodor, xudojoʻy, butun vujudi bilan Allohga yoqadigan ish qilishga urinadigan zot ekanini darrov anglaydi. Hamda Alloh taolo Imron ahlini bekorga odamlar ichidan tanlab, saralab olmaganining tagiga tushunib yetadi. Odatda, homilador ayol boʻlgʻusi farzandini, jigarining bir parchasini oʻzidan ham ustun qoʻyadi. Hazrati Imronning ayoli ana shunday aziz jigarporasini Allohga xolis nazr qilmoqda:
«Imronning xotini: «Ey Robbim! Albatta, men qornimdagini Oʻzingga xolis nazr qildim...»
Yaʼni, xolis niyat bilan, birorta shartsiz, oʻrtaga hech qanday haq ham kiritmasdan, hamma narsadan ozod boʻlgan holda nazr qilmoqda. Boz ustiga, yana Allohga iltijoni kuchaytirib:
«...bas, mendan qabul et. Albatta, Sening Oʻzing eshituvchi va biluvchi zotsan», demoqda. Bular oliy darajadagi taqvo va Allohning yoʻlidagi fidokorlik namunasidir.