فَلَمَّا وَضَعَتْهَا قَالَتْ رَبِّ إِنِّى وَضَعْتُهَآ أُنثَىٰ وَٱللَّهُ أَعْلَمُ بِمَا وَضَعَتْ وَلَيْسَ ٱلذَّكَرُ كَٱلْأُنثَىٰ ۖ وَإِنِّى سَمَّيْتُهَا مَرْيَمَ وَإِنِّىٓ أُعِيذُهَا بِكَ وَذُرِّيَّتَهَا مِنَ ٱلشَّيْطَـٰنِ ٱلرَّجِيمِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Uni (Maryamni) tuqqan chog`ida: «Ey Robbim, men buni qiz tug`dim-ku!!» – dedi. Holbuki, Alloh u nima tuqqanini yaxshi biladi. «Va o`g`il qizdek emas. Va men unga «Maryam» deb nom qo`ydim va albatta, men Sendan unga va uning zurriyotiga shaytonir rojim sharridan panoh tilarman.»Уни (Марямни) туққан чоғида: «Эй Роббим, мен буни қиз туғдим-ку!!» – деди. Ҳолбуки, Аллоҳ у нима туққанини яхши билади. «Ва ўғил қиздек эмас. Ва мен унга «Марям» деб ном қўйдим ва албатта, мен Сендан унга ва унинг зурриётига шайтонир рожим шарридан паноҳ тиларман.»Alauddin Mansour: Koʻzi yorigach esa bunday dedi: «Parvardigor, men qiz tugʻdim». — Holbuki, Alloh uning nima tuqqanini bilguvchiroqdir va har qanday oʻgʻil bu qiz kabi (yaʼni, bu qizning oʻrnini bosguvchi) emasdir. — «Va men unga Maryam deb ism qoʻydim. Men bu qizga va uning zurriyotiga dargohingdan quvilgan shaytonning yomonligidan panoh berishingni Sendan iltijo qilaman».Кўзи ёригач эса бундай деди: «Парвардигор, мен қиз туғдим». — Ҳолбуки, Аллоҳ унинг нима туққанини билгувчироқдир ва ҳар қандай ўғил бу қиз каби (яъни, бу қизнинг ўрнини босгувчи) эмасдир. — «Ва мен унга Марям деб исм қўйдим. Мен бу қизга ва унинг зурриётига даргоҳингдан қувилган шайтоннинг ёмонлигидан паноҳ беришингни Сендан илтижо қиламан».
Oʻsha vaqtlarda ibodatxonalarga faqat oʻgʻil bolalar nazr qilinar edi. Imron alayhissalomning xotinlari ham homiladorlik vaqtlarida, oʻgʻil tugʻsam kerak, degan gumon bilan avvaldan nazr qilgan edi. Vaqti-soati yetib, koʻzi yorigan chogʻida qarasa, qiz tugʻibdi. Oʻz-oʻzidan savol paydo boʻldi: nazrga atab qoʻyilgan homila oʻgʻil boʻlmadi, oʻgʻil tugʻilganida-ku hech qanday savolga oʻrin qolmay, ibodatxonaga topshirilar edi, endi nima boʻladi? Shu masalani bilish maqsadida:
«Uni (Maryamni) tuqqan chogʻida: «Ey Robbim, men buni qiz tugʻdim-ku!!» – dedi».
Darhaqiqat: «Holbuki, Alloh u nima tuqqanini yaxshi biladi».
Lekin Imron alayhissalomning xotinlari nazarida, ibodatxona xizmatida qiz bola oʻgʻil bolachalik boʻla olmaydi:
«Va oʻgʻil qizdek emas», deydi.
Keyin onalik mehri joʻshib, gapning davomida:
«Va men unga «Maryam»deb nom qoʻydim. Va albatta, men Sendan unga va uning zurriyotiga shaytonir rojim sharridan panoh tilayman», deb duo qiladi.
Musaffo onalik qalbi shu–doimo oʻzini qoʻyib boʻlsa ham bolasiga, zurriyodiga kamol, tinchlik-omonlik va yaxshilik tilaydi.