QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят4

مِن قَبْلُ هُدًى لِّلنَّاسِ وَأَنزَلَ ٱلْفُرْقَانَ ۗ إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بِـَٔايَـٰتِ ٱللَّهِ لَهُمْ عَذَابٌ شَدِيدٌ ۗ وَٱللَّهُ عَزِيزٌ ذُو ٱنتِقَامٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Undan oldin odamlarga hidoyat qilib. Va Furqonni ham tushirdi. Allohning oyatlariga kufr keltirganlarga shiddatli azob bor. Alloh Aziyz va intiqom oluvchi Zotdir.Ундан олдин одамларга ҳидоят қилиб. Ва Фурқонни ҳам туширди. Аллоҳнинг оятларига куфр келтирганларга шиддатли азоб бор. Аллоҳ Азийз ва интиқом олувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Undan oldin odamlarni haq yoʻlga hidoyat qilish uchun. (Endi esa) haq bilan nohaqni ajratguvchini (— Qurʼonni) nozil qildi. Allohning oyatlarini inkor qiluvchi kimsalar uchun shubhasiz, qattiq azob bordir. Alloh qudratli va intiqom Sohibidir.Ундан олдин одамларни ҳақ йўлга ҳидоят қилиш учун. (Энди эса) ҳақ билан ноҳақни ажратгувчини (— Қуръонни) нозил қилди. Аллоҳнинг оятларини инкор қилувчи кимсалар учун шубҳасиз, қаттиқ азоб бордир. Аллоҳ қудратли ва интиқом Соҳибидир.

50-sahifa · 3-juz · 5-hizb50-саҳифа · 3-жуз · 5-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
مِن-dan-данقَبْلُbundan oldinбундан олдинهُدًۭىhidoyat qilibҳидоят қилибلِّلنَّاسِodamlargaодамларгаوَأَنزَلَva tushirdiва туширдиٱلْفُرْقَانَ ۗFurqonniФурқонниإِنَّalbattaалбаттаٱلَّذِينَoʻshalarўшаларكَفَرُوا۟kufr keltirganlarкуфр келтирганларبِـَٔايَـٰتِoyatlarigaоятларигаٱللَّهِAllohningАллоҳнингلَهُمْulargaуларгаعَذَابٌۭazob borазоб борشَدِيدٌۭ ۗshiddatliшиддатлиوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳعَزِيزٌۭazizазизذُوegasidirэгасидирٱنتِقَامٍintiqomинтиқом
TafsirТафсир

Alloh yagona boʻlganidan, bashariyatni toʻgʻri yoʻlga boshlovchi, ilohiy kitoblar tushiruvchi masdar ham yagonadir. Bu haqiqatni Alloh taolo Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalomga xitob orqali bayon qilmoqda:

«U senga kitobni haq ila oʻzidan avvalgi narsani tasdiqlovchi qilib tushirdi».

Demak, Muhammad alayhissalomga tushgan kitobni ham Allohning Oʻzi tushirgan, kitoblarning tushishi bashariyat uchun yangilik emas, Qurʼon ham avvalgi tushgan ilohiy kitoblarning davomi, xolos. Ushbu haqiqatni bu kitobning oʻzidan avvalgi kitoblarni tasdiqlovchi qilib tushirilganligidan ham bilib olsa boʻladi.

Ahli kitoblar–yahudiy va nasorolar Muhammad alayhissalomning Paygʻambarliklarini va u zotga tushirilgan Qurʼonni inkor qilib: «Biz haqiqiy Paygʻambarga ergashganlarmiz, biz haqiqiy kitob egalarimiz, bu masalani biz yaxshi bilamiz, Muhammad Paygʻambar emas, Qurʼon Allohning huzuridan tushgan kitob emas», degan maʼnodagi gaplarni tarqatishgan edi. Ushbu oyat mazkur daʼvolarning tagi puch ekanligini isbotlab kelmoqda. Shu boisdan ham, umum ilohiy kitoblar ichida yahudiy va nasorolarga tushirilgan kitoblar alohida zikr etilmoqda:

«...hamda Tavrot va Injilni tushirdi. Undan oldin odamlarga hidoyat qilib».

Oʻz vaqtida Tavrot nomli va Injil nomli ilohiy kitoblarni ham Allohning Oʻzi odamlarni hidoyatga boshlash uchun tushirgan edi. Ilohiy kitoblarni tushiruvchi Zot bitta–Alloh, ularni tushirishdan maqsad ham bitta–odamlarni hidoyatga boshlash. Bu oʻrinlarda maqsad Qurʼoni Karimning ilohiy kitob ekanini isbotlash boʻlganidan, uning shaʼnini ulugʻlab, yana bir bor zikr qilmoqda:

«... va Furqonni ham tushirdi».

Furqon, Qurʼoni Karimning sifati boʻlib, farqlovchi, ajratuvchi degan maʼnolarni anglatadi. Chunki, u haqdan botilni, yaxshidan yomonni farqlab, ajratib bergan kitobdir. Ana shu kitobni ham Allohning Oʻzi tushirgan. Yahudiy va nasorolarning daʼvolari gʻirt yolgʻon.

Soʻngra, Allohning oyatlariga kufr keltirganlarga qattiq azob boʻlishi haqida qoʻrqinchli xabarlar keladi:

«Allohning oyatlariga kufr keltirganlarga, oʻshalarga shiddatli azob bor».

Allohning oyatlariga kufr keltirganlar Muhammad alayhissalomga, Islomga, Qurʼonga kufr keltirganlardan iboratdir. Demak, mazkur haqiqatlarni inkor qilganlar, jumladan, yahudiy va nasorolarga shiddatli azob bor.

«Alloh aziz va intiqom oluvchi Zotdir».

Mazkur kofirlarga shiddatli azob berishga, albatta, Allohning qudrati yetadi. Chunki, U aziz–xohlagan ishini qila oladigan, birov undan gʻolib kela olmaydigan Zot. Chunki, U Oʻziga osiy boʻlganlardan intiqom oluvchi Zot.

Shu bilan bir qatorda, Allohning boshqa kamolot sifatlari ham bor: