QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят52

۞ فَلَمَّآ أَحَسَّ عِيسَىٰ مِنْهُمُ ٱلْكُفْرَ قَالَ مَنْ أَنصَارِىٓ إِلَى ٱللَّهِ ۖ قَالَ ٱلْحَوَارِيُّونَ نَحْنُ أَنصَارُ ٱللَّهِ ءَامَنَّا بِٱللَّهِ وَٱشْهَدْ بِأَنَّا مُسْلِمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Iyso ulardan kofirlikni sezib qolganda: «Kimlar Alloh yo`lida menga yordamchi bo`ladi?!» – dedi. Havoriylar: «Biz Allohning yordamchilarimiz, Allohga iymon keltirdik va bizning musulmonligimizga guvoh bo`l», – dedilar.Ийсо улардан кофирликни сезиб қолганда: «Кимлар Аллоҳ йўлида менга ёрдамчи бўлади?!» – деди. Ҳаворийлар: «Биз Аллоҳнинг ёрдамчиларимиз, Аллоҳга иймон келтирдик ва бизнинг мусулмонлигимизга гувоҳ бўл», – дедилар.Alauddin Mansour: Endi qachonki Iyso ular tomondan kufrni koʻrgach: «Allohning diniga daʼvat qilishimda kim menga yordamchi boʻlur?», dedi. Havoriylar aytdilar: «Biz Allohning (diniga) yordam berguvchilarmiz. Allohga iymon keltirdik. (Ey Iyso), guvoh boʻlginki, biz Allohga boʻysunguvchilarmiz.Энди қачонки Ийсо улар томондан куфрни кўргач: «Аллоҳнинг динига даъват қилишимда ким менга ёрдамчи бўлур?», деди. Ҳаворийлар айтдилар: «Биз Аллоҳнинг (динига) ёрдам бергувчилармиз. Аллоҳга иймон келтирдик. (Эй Ийсо), гувоҳ бўлгинки, биз Аллоҳга бўйсунгувчилармиз.

56-sahifa · 3-juz · 6-hizb56-саҳифа · 3-жуз · 6-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ فَلَمَّآbas, qachonkiбас, қачонкиأَحَسَّsezib qoldiсезиб қолдиعِيسَىٰIysoИйсоمِنْهُمُulardanуларданٱلْكُفْرَkofirlikniкофирликниقَالَdediдедиمَنْkimlarкимларأَنصَارِىٓmenga yordamchi boʻladiменга ёрдамчи бўладиإِلَىyoʻlidaйўлидаٱللَّهِ ۖAllohАллоҳقَالَdedilarдедиларٱلْحَوَارِيُّونَhavoriylarҳаворийларنَحْنُbizбизأَنصَارُyordamchilarimizёрдамчиларимизٱللَّهِAllohningАллоҳнингءَامَنَّاiymon keltirdikиймон келтирдикبِٱللَّهِAllohgaАллоҳгаوَٱشْهَدْva guvoh boʻlва гувоҳ бўлبِأَنَّاalbatta, bizningалбатта, бизнингمُسْلِمُونَmusulmonligimizgaмусулмонлигимизга
TafsirТафсир

Shu yerda, bu surada Iyso alayhissalomning tugʻilishlaridan tortib, to Bani Isroildan kofirlikni sezib qolishlarigacha orada kechgan koʻp hodisalar qolib ketdi. Buning tafsiloti boshqa suralarda kelgan. «Oli Imron» surasining umumiy siyogʻiga qarab, ushbu surada muolaja qilinayotgan asosiy gʻoyalarni tushunishga yordam beradigan joylari keltirildi. Iyso alayhissalom Bani Isroilga Paygʻambar boʻlib kelib, ularni daʼvat qilganlaridan va turli moʻʼjizalarni koʻrsatganlaridan keyin ham Bani Isroil yoʻlga tushmadi.

«Iyso ulardan kofirlikni sezib qolganda: «Kimlar Alloh yoʻlida menga yordamchi boʻladi?!», – dedi».

Koʻpchilik bosh tortdi. Kufrni ixtiyor qildi. Lekin ajab emaski, baʼzi bir xos kishilar Allohning dini yoʻlida Uning Paygʻambariga yaqindan yordam bersalar?! Har bir daʼvatning, har bir harakatning yuzaga chiqishi uchun oʻsha daʼvat va harakat rahbari atrofida jon fido kishilar boʻlishi shart. Iyso alayhissalom ham oʻshanday odamlarni topish maqsadida yuqoridagi gapni qildilar. Bunga javoban:

«Havoriylar: «Biz Allohning yordamchilarimiz, Allohga iymon keltirdik va bizning musulmonligimizga guvoh boʻl», – dedilar».

«Havoriy» degani holis, yaqin, ishonchli doʻst, deganidir. Iyso alayhissalomning ham shunday kishilari bor edi. Ular Paygʻambarning daʼvatlariga darhol, labbay, deb javob berdilar. Ular shu yerda Allohning dini yoʻlida yordamchi boʻlishga tayyor ekanliklarini eʼlon qilishlari bilan birga, Allohga keltirgan iymonlarini ham zikr qilmoqdalar. Chunki, iymon eng asosiy narsa hisoblanadi.

Havoriylar yana Iyso alayhissalomdan oʻzlarining musulmonliklariga guvoh boʻlishlarini ham soʻrashmoqda. Yaʼni, Allohning amriga boʻysunganliklari, Allohning diniga va Paygʻambariga yordam berganliklariga guvoh boʻlishni soʻrashmoqda.

Soʻngra, ular Allohga iltijo etib, duo qilishmoqda: