QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят51

إِنَّ ٱللَّهَ رَبِّى وَرَبُّكُمْ فَٱعْبُدُوهُ ۗ هَـٰذَا صِرَٰطٌ مُّسْتَقِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Alloh mening Robbim va sizning Robbingizdir. Bas, Unga ibodat qiling. Bu — sirotul mustaqiymdir», deydir.Албатта, Аллоҳ менинг Роббим ва сизнинг Роббингиздир. Бас, Унга ибодат қилинг. Бу — сиротул мустақиймдир», дейдир.Alauddin Mansour: Albatta, Alloh Parvardigorim va Parvardigoringizdir. Bas, Unga bandalik qilingiz! Mana shu Toʻgʻri Yoʻldir!»Албатта, Аллоҳ Парвардигорим ва Парвардигорингиздир. Бас, Унга бандалик қилингиз! Мана шу Тўғри Йўлдир!»

56-sahifa · 3-juz · 6-hizb56-саҳифа · 3-жуз · 6-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳرَبِّىmening Robbimменинг Роббимوَرَبُّكُمْva sizning Robbingizdirва сизнинг Роббингиздирفَٱعْبُدُوهُ ۗbas, Unga ibodat qilingбас, Унга ибодат қилингهَـٰذَاbuбуصِرَٰطٌۭyoʻldirйўлдирمُّسْتَقِيمٌۭtoʻgʻri (mustaqim)тўғри (мустақим)
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimaning avvalida Iyso alayhissalomning:

«Va oʻzimdan avvalgi Tavrotni tasdiqlovchi boʻlib...», deganlaridan, yana bir bor u kishining Bani Isroilga Paygʻambar boʻlib, Muso alayhissalom shariatiga amal qilib kelganlari bilinmoqda. U kishi bor narsani toʻldirib kelganlar:

«...sizga harom qilinganning baʼzisini halol qilish uchun keldim».

Alloh taolo Bani Isroilning gunohlari uchun ularga baʼzi narsalarni harom qilgan edi. Iyso alayhissalom oʻsha harom qilingan narsalarning baʼzisini halol qilib keldilar.

«Sizga Robbingizdan moʻʼjiza bilan keldim.»

Yaʼni, sizlarga koʻrsatayotgan moʻʼjizalarda mening hech qanday fazlim yoʻq. Hammasi Allohdandir.

«Allohga taqvo qiling va menga itoat eting.»

Demak, Iyso alayhissalomning daʼvatlari Alloh taologa taqvo qilish va Uning Rasuliga itoat etishdir.

«Albatta, Alloh mening Robbim va sizning Robbingizdir. Bas, Unga ibodat qiling.»

Iyso alayhissalom ham bandadirlar, aslo, keyinchalik masihiylar daʼvo qilganlaridek, xudo emas. U zot ham xuddi boshqalar kabi bandadirlar. Shuningdek, u kishi Paygʻambar boʻlib kelgan Bani Isroil ham Allohning bandalaridir. Modomiki, Robb va banda boʻlar ekan, bu hol bandaning Robbga ibodatini taqozo etadi. Ushbu aytilganlarga toʻliq amal qilgandagina toʻgʻri yoʻlda yurilgan boʻladi. Baxt-saodatga erishiladi.

«Bu siroti mustaqimdir.»

Farishtalarning Bibi Maryamga oʻgʻil koʻrishi xushxabari va boʻlajak farzandining sifatlari, Paygʻambar boʻlishi, moʻʼjizalari, gaplari haqida keltirgan xabarlaridan soʻng, Alloh taolo kelasi oyatda bevosita Iyso alayhissalomning Bani Isroilda kofirlikni his qilib qolganliklaridan soʻz ochadi: