QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят50

وَمُصَدِّقًا لِّمَا بَيْنَ يَدَىَّ مِنَ ٱلتَّوْرَىٰةِ وَلِأُحِلَّ لَكُم بَعْضَ ٱلَّذِى حُرِّمَ عَلَيْكُمْ ۚ وَجِئْتُكُم بِـَٔايَةٍ مِّن رَّبِّكُمْ فَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَأَطِيعُونِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va o`zimdan avvalgi Tavrotni tasdiqlovchi bo`lib, sizga harom qilinganning ba'zisini halol qilish uchun keldim. Sizga Robbingizdan mo`'jiza bilan keldim. Allohga taqvo qiling va menga itoat eting.Ва ўзимдан аввалги Тавротни тасдиқловчи бўлиб, сизга ҳаром қилинганнинг баъзисини ҳалол қилиш учун келдим. Сизга Роббингиздан мўъжиза билан келдим. Аллоҳга тақво қилинг ва менга итоат этинг.Alauddin Mansour: «(Men) sizlarga oʻzimdan oldingi Tavrotning (haq ekanligini) tasdiqlovchi boʻlgan holda, sizlar uchun harom qilingan ayrim narsalarni halol qilish uchun (keldim). Va sizlarga Parvardigoringizdan oyat-dalil keltirdim. Bas, Allohdan qoʻrqingiz va menga itoat qilingiz!«(Мен) сизларга ўзимдан олдинги Тавротнинг (ҳақ эканлигини) тасдиқловчи бўлган ҳолда, сизлар учун ҳаром қилинган айрим нарсаларни ҳалол қилиш учун (келдим). Ва сизларга Парвардигорингиздан оят-далил келтирдим. Бас, Аллоҳдан қўрқингиз ва менга итоат қилингиз!

56-sahifa · 3-juz · 6-hizb56-саҳифа · 3-жуз · 6-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمُصَدِّقًۭاva tasdiqlovchi boʻlibва тасдиқловчи бўлибلِّمَاnarsaniнарсаниبَيْنَoldidaолдидаيَدَىَّoʻzimdan avvalgiўзимдан аввалгиمِنَ-dan-данٱلتَّوْرَىٰةِTavrotТавротوَلِأُحِلَّva halol qilishim uchunва ҳалол қилишим учунلَكُمsizgaсизгаبَعْضَbaʼzisiniбаъзисиниٱلَّذِىnarsaningнарсанингحُرِّمَharom qilinganҳаром қилинганعَلَيْكُمْ ۚsizgaсизгаوَجِئْتُكُمva sizga keldimва сизга келдимبِـَٔايَةٍۢoyat-moʻʼjiza bilanоят-мўъжиза биланمِّن-dan-данرَّبِّكُمْRobbingizРоббингизفَٱتَّقُوا۟bas, taqvo qilingбас, тақво қилингٱللَّهَAllohgaАллоҳгаوَأَطِيعُونِva menga itoat etingва менга итоат этинг
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimaning avvalida Iyso alayhissalomning:

«Va oʻzimdan avvalgi Tavrotni tasdiqlovchi boʻlib...», deganlaridan, yana bir bor u kishining Bani Isroilga Paygʻambar boʻlib, Muso alayhissalom shariatiga amal qilib kelganlari bilinmoqda. U kishi bor narsani toʻldirib kelganlar:

«...sizga harom qilinganning baʼzisini halol qilish uchun keldim».

Alloh taolo Bani Isroilning gunohlari uchun ularga baʼzi narsalarni harom qilgan edi. Iyso alayhissalom oʻsha harom qilingan narsalarning baʼzisini halol qilib keldilar.

«Sizga Robbingizdan moʻʼjiza bilan keldim.»

Yaʼni, sizlarga koʻrsatayotgan moʻʼjizalarda mening hech qanday fazlim yoʻq. Hammasi Allohdandir.

«Allohga taqvo qiling va menga itoat eting.»

Demak, Iyso alayhissalomning daʼvatlari Alloh taologa taqvo qilish va Uning Rasuliga itoat etishdir.

«Albatta, Alloh mening Robbim va sizning Robbingizdir. Bas, Unga ibodat qiling.»

Iyso alayhissalom ham bandadirlar, aslo, keyinchalik masihiylar daʼvo qilganlaridek, xudo emas. U zot ham xuddi boshqalar kabi bandadirlar. Shuningdek, u kishi Paygʻambar boʻlib kelgan Bani Isroil ham Allohning bandalaridir. Modomiki, Robb va banda boʻlar ekan, bu hol bandaning Robbga ibodatini taqozo etadi. Ushbu aytilganlarga toʻliq amal qilgandagina toʻgʻri yoʻlda yurilgan boʻladi. Baxt-saodatga erishiladi.

«Bu siroti mustaqimdir.»

Farishtalarning Bibi Maryamga oʻgʻil koʻrishi xushxabari va boʻlajak farzandining sifatlari, Paygʻambar boʻlishi, moʻʼjizalari, gaplari haqida keltirgan xabarlaridan soʻng, Alloh taolo kelasi oyatda bevosita Iyso alayhissalomning Bani Isroilda kofirlikni his qilib qolganliklaridan soʻz ochadi: