QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят49

وَرَسُولًا إِلَىٰ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ أَنِّى قَدْ جِئْتُكُم بِـَٔايَةٍ مِّن رَّبِّكُمْ ۖ أَنِّىٓ أَخْلُقُ لَكُم مِّنَ ٱلطِّينِ كَهَيْـَٔةِ ٱلطَّيْرِ فَأَنفُخُ فِيهِ فَيَكُونُ طَيْرًۢا بِإِذْنِ ٱللَّهِ ۖ وَأُبْرِئُ ٱلْأَكْمَهَ وَٱلْأَبْرَصَ وَأُحْىِ ٱلْمَوْتَىٰ بِإِذْنِ ٱللَّهِ ۖ وَأُنَبِّئُكُم بِمَا تَأْكُلُونَ وَمَا تَدَّخِرُونَ فِى بُيُوتِكُمْ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَةً لَّكُمْ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Bani Isroilga Payg`ambar qiladi. U: «Albatta, men sizga Robbingizdan mo`'jiza keltirdim, men sizlarga loydan qushga o`xshash suvrat yasayman, unga puflasam, Allohning izni bilan qush bo`ladi. Alloh izni bilan tug`ma ko`r va peslarni tuzataman va o`likni tiriltiraman. Sizlarga nimani yemoqdasizu, nimani uyingizda saqlayapsiz — xabarini beraman. Agar mo`min bo`lsangiz, albatta, bunda sizga belgi bordir», deydi.Ва Бани Исроилга Пайғамбар қилади. У: «Албатта, мен сизга Роббингиздан мўъжиза келтирдим, мен сизларга лойдан қушга ўхшаш суврат ясайман, унга пуфласам, Аллоҳнинг изни билан қуш бўлади. Аллоҳ изни билан туғма кўр ва песларни тузатаман ва ўликни тирилтираман. Сизларга нимани емоқдасизу, нимани уйингизда сақлаяпсиз — хабарини бераман. Агар мўмин бўлсангиз, албатта, бунда сизга белги бордир», дейди.Alauddin Mansour: Uni Bani Isroil qavmiga paygʻambar qiladi. (Iyso Bani Isroilga deydi): «Men (oʻzimning haq paygʻambar ekanligim haqida) sizlarga Parvardigoringizdan oyat-dalil keltirdim: Men sizlarga loydan qush timsolini yasab unga puflasam, u Allohning izni-irodasi bilan haqiqiy qush boʻladi. Va yana koʻr, pes kasallarini tuzata olaman va Allohning izni bilan oʻliklarni tiriltiraman hamda sizlarga yeydigan va uylaringizda saqlaydigan narsalaringizni aytib berishga qodirman. Agar moʻmin boʻlsangizlar, albatta bu ishlarda sizlar uchun aniq oyat-dalillar bordir».Уни Бани Исроил қавмига пайғамбар қилади. (Ийсо Бани Исроилга дейди): «Мен (ўзимнинг ҳақ пайғамбар эканлигим ҳақида) сизларга Парвардигорингиздан оят-далил келтирдим: Мен сизларга лойдан қуш тимсолини ясаб унга пуфласам, у Аллоҳнинг изни-иродаси билан ҳақиқий қуш бўлади. Ва яна кўр, пес касалларини тузата оламан ва Аллоҳнинг изни билан ўликларни тирилтираман ҳамда сизларга ейдиган ва уйларингизда сақлайдиган нарсаларингизни айтиб беришга қодирман. Агар мўмин бўлсангизлар, албатта бу ишларда сизлар учун аниқ оят-далиллар бордир».

56-sahifa · 3-juz · 6-hizb56-саҳифа · 3-жуз · 6-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَرَسُولًاva Paygʻambar qilibва Пайғамбар қилибإِلَىٰ-ga-гаبَنِىٓfarzandlariфарзандлариإِسْرَٰٓءِيلَIsroilИсроилأَنِّىalbatta, menалбатта, менقَدْbatahqiqбатаҳқиқجِئْتُكُمsizga keltirdimсизга келтирдимبِـَٔايَةٍۢoyat-moʻʼjizaоят-мўъжизаمِّن-dan-данرَّبِّكُمْ ۖRobbingizРоббингизأَنِّىٓalbatta, menалбатта, менأَخْلُقُyasaymanясайманلَكُمsizlargaсизларгаمِّنَ-dan-данٱلطِّينِloyлойكَهَيْـَٔةِsuvratiga oʻxshashсувратига ўхшашٱلطَّيْرِqushningқушнингفَأَنفُخُbas, puflasamбас, пуфласамفِيهِungaунгаفَيَكُونُbas, boʻladiбас, бўладиطَيْرًۢاqushқушبِإِذْنِizni bilanизни биланٱللَّهِ ۖAllohningАллоҳнингوَأُبْرِئُva tuzatamanва тузатаманٱلْأَكْمَهَtugʻma koʻrniтуғма кўрниوَٱلْأَبْرَصَva pesniва песниوَأُحْىِva tiriltiramanва тирилтираманٱلْمَوْتَىٰoʻlikniўликниبِإِذْنِizni bilanизни биланٱللَّهِ ۖAllohningАллоҳнингوَأُنَبِّئُكُمva sizga xabar beramanва сизга хабар бераманبِمَاnimaniниманиتَأْكُلُونَyemoqdasizемоқдасизوَمَاva nimaniва ниманиتَدَّخِرُونَsaqlayapsizсақлаяпсизفِى-da-даبُيُوتِكُمْ ۚuyingizуйингизإِنَّalbattaалбаттаفِى-da-даذَٰلِكَbuбуلَـَٔايَةًۭoyat-belgi bordirоят-белги бордирلَّكُمْsizgaсизгаإِنagarагарكُنتُمboʻlsangizбўлсангизمُّؤْمِنِينَmoʻminмўмин
TafsirТафсир

Oyati karimaning avvalidagi jumladan koʻrinib turibdiki, Iyso alayhissalom Bani Isroilga Paygʻambar boʻlganlar.

«Va Bani Isroilga Paygʻambar qiladi».

Bani Isroilning avvalgi Paygʻambari boʻlmish Muso alayhissalomga kelgan ilohiy kitob Tavrot shuning uchun Iyso alayhissalomga ham ilohiy kitob hisoblanadi.

Keyin oyatda Iyso alayhissalom Bani Isroil huzuriga Paygʻambar boʻlib yangi kelgan paytda aytgan gaplari bayon qilinadi:

«...albatta, men sizga Robbingizdan moʻʼjiza keltirdim».

Bu moʻʼjiza u kishining Paygʻambar ekanligini isbotlashga xizmat qiladi. Odamlar huzuriga birov kelib, meni Alloh sizlarga Paygʻambar qilib yubordi, desa, odamlar, bu gapingni nima bilan isbot qilasan, deyishlari turgan gap. Shuning uchun, Alloh taolo har bir Paygʻambarni oʻz qavmiga yuborish chogʻida oʻsha qavmning holiga, ijtimoiy, aqliy va boshqa saviyalariga qarab, moʻʼjiza ham beradi.

Paygʻambarga berilgan moʻʼjiza odatdan tashqari bir ish boʻlib, oʻsha zamon kishilari: «Oddiy odamning qoʻlidan bu ish kelmaydi, modomiki bu ajoyib ishni bizga koʻrsatdimi, bu odam haqiqiy Paygʻambar ekan, unga iymon keltiraylik», deyishi kerak boʻladi.

Misol uchun, Muso alayhissalomni Alloh taolo Paygʻambar qilib yuborgan jamiyatda sehrgarlik juda ham rivojlangan ekan. Sehrgarlar jamiyatda obroʻli odamlar boʻlib, turli sehrlarni koʻrsatar ekanlar. Misol uchun, arqonni yerga tashlasa, odamlar koʻziga ilon boʻlib koʻrinar ekan. Alloh taolo Muso alayhissalomga mazkur sehrgarlarning sehridan kuchli moʻʼjizalarni berdi. Yaʼni, qoʻllaridagi hassani yerga tashlasalar, katta ilon boʻlib, sehrgarlarning arqon–ilonlarini yutib yuboradigan boʻldi.

Ushbu oyatda Iyso alayhissalom oʻzlarining Bani Isroilga Paygʻambar qilib yuborilganlarini tasdiqlovchi moʻʼjizalarning ayrimlarini oldindan aytib ham oʻtmoqdalar:

«men sizlarga loydan qushga oʻxshash suvrat yasayman, unga puflasam, Allohning izni bilan qush boʻladi. Alloh izni bilan tugʻma koʻr va peslarni tuzataman va oʻlikni tiriltiraman. Sizlarga nimani yemoqdasizu, nimani uyingizda saqlayapsiz–xabarini beraman».

Ushbu jumlada Iyso alayhissalom oʻzlariga Alloh taolo tomonidan berilgan moʻʼjizalardan toʻrttasini zikr qilmoqdalar:

a) loydan qush yasab, puflasa, Allohning izni bilan qush boʻlishi;

b) Allohning izni bilan tugʻma koʻrni, pesni tuzatish;

v) oʻlikni tiriltirish;

g) oʻzlari koʻrmay-bilmay turib Bani Isroilga ular yegan va uylarida saqlanayotgan narsalarni aytib berish...

Koʻpchilik qadimgi tafsirchilar: tugʻma koʻrni, pesni Allohning izni bilan tuzatib, oʻlikni tiriltirish moʻʼjizalarini eʼtiborga olib boʻlsa kerak, Iyso alayhissalom davrlarida tib ilmi rivojlangan ekan, shuning uchun Alloh taolo u kishiga oʻsha vaqt tabiblari qoʻlidan kelmaydigan ishlarni moʻʼjiza qilib bergan, deganlar.

Ammo, Iyso alayhissalomning moʻʼjizalarini eʼtibor bilan oʻrganilsa, unda hayot berish yoki hayotni oʻrniga qaytarish, sogʻliqni joyiga keltirish va gʻaybdan xabar berishlar bor. Albatta, bu ishlarning hammasi Allohning izni bilan boʻlishligi qayta-qayta takrorlanyapti.

Iyso alayhissalomga Alloh taolo tomonidan berilgan bu moʻʼjizalarning tabiatini oʻrgangan va oʻsha vaqtdagi tarixiy voqelikni kuzatgan ulamolarimiz: Iyso alayhissalom davrida odamlar moddaparast boʻlib ketgan edilar, degan fikrga kelganlar. Ular har bir narsaning sababi topilsa boʻldi, masala yechiladi, deganga oʻxshash fikrlaydigan, ruhoniy, gʻaybiy narsalarga mutlaqo ishonmaydigan boʻlib ketishgan ekan. Ularning bu holatlarini muolaja qilish uchun Iyso alayhissalomga mazkur moʻʼjizalar berilgan ekan. Shu bilan birga, hali homilador boʻlmagan qiz Bibi Maryamga farishtalar Iyso tilidan hikoya qilib berayotgan bu haqiqatlar–Iysoning otasiz tugʻilishi ham Allohning ishi bilan gʻayritabiiy boʻlishidan darak berib turibdi. Alloh taolo bandalaridan biriga mazkur moʻʼjizalarni berishga qodir boʻlgandan keyin, bir odamni gʻayritabiiy ravishda yarata olmasmidi?!

Keyingi ikki oyatda ham Iyso alayhissalom nomlaridan aytilayotgan soʻzlar davom etadi: