QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят48

وَيُعَلِّمُهُ ٱلْكِتَـٰبَ وَٱلْحِكْمَةَ وَٱلتَّوْرَىٰةَ وَٱلْإِنجِيلَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va unga kitobni, hikmatni, Tavrot va Injilni o`rgatadi.Ва унга китобни, ҳикматни, Таврот ва Инжилни ўргатади.Alauddin Mansour: Va unga (Iysoga) yozish va hikmat ilmini, Tavrot va Injilni taʼlim beradi.Ва унга (Ийсога) ёзиш ва ҳикмат илмини, Таврот ва Инжилни таълим беради.

56-sahifa · 3-juz · 6-hizb56-саҳифа · 3-жуз · 6-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَيُعَلِّمُهُva unga oʻrgatadirва унга ўргатадирٱلْكِتَـٰبَkitobniкитобниوَٱلْحِكْمَةَva hikmatniва ҳикматниوَٱلتَّوْرَىٰةَva Tavrotniва Тавротниوَٱلْإِنجِيلَva Injilniва Инжилни
TafsirТафсир

Ulamolarimiz bu oyati karimadagi «kitobni» soʻzi «yozishni» yoki «ilohiy kitobni» degan maʼnolardan birini anglatadi, deganlar. Chunki, arab tilida «kitob» moddasi yozishni anglatadi. Umuman, kitoblar ham yozilgan narsa boʻlgani uchun shu nom bilan atalgan. Bizning fikrimizga koʻra, mazkur ikki maʼnodan birini albatta olishimiz shart emas. Balki, ikkisini ham olamiz, ikkisi bir-birini toʻldirib keladi. Darhaqiqat, Iyso alayhissalomga Alloh taolo ham yozishni, ham ilohiy kitobni bergan.

Shu bilan birga, Alloh Maryamning boʻlajak Masiyh Iyso ibn Maryam deb nomlangan oʻgʻliga hikmat, Tavrot va Injilni ham oʻrgatishi xabar qilinmoqda.

Hikmat kishidagi malaka boʻlib, gap va ishning hammasini oʻz joyida, kamchiliksiz ado etishni bildiradi. Ayni chogʻda, Paygʻambarlarning sunnatlariga ham hikmat deyiladi.

Tavrot Muso alayhissalomga tushirilgan ilohiy kitobdir. U Iyso alayhissalomga ham kitob boʻlishini Allohning Oʻzi aytib turibdi. Tavrot Iyso alayhissalomga kelgan dinning asosini tashkil etadi. Injil esa, Tavrotni toʻldirib kelgan.

Kelasi oyati karimada avvalgi oyatning maʼnosi bevosita davom etadi.