قَالَتْ رَبِّ أَنَّىٰ يَكُونُ لِى وَلَدٌ وَلَمْ يَمْسَسْنِى بَشَرٌ ۖ قَالَ كَذَٰلِكِ ٱللَّهُ يَخْلُقُ مَا يَشَآءُ ۚ إِذَا قَضَىٰٓ أَمْرًا فَإِنَّمَا يَقُولُ لَهُۥ كُن فَيَكُونُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Ey Robbim, menga bashar qo`l tekkizmagan bo`lsa, qanday qilib bolam bo`ladi?!» – dedi. U zot: «Shunday, Alloh xohlaganini qiladi. Bir ishni iroda qilsa, «Bo`l!» deyishi kifoya, bo`laveradi», – dedi.У: «Эй Роббим, менга башар қўл теккизмаган бўлса, қандай қилиб болам бўлади?!» – деди. У зот: «Шундай, Аллоҳ хоҳлаганини қилади. Бир ишни ирода қилса, «Бўл!» дейиши кифоя, бўлаверади», – деди.Alauddin Mansour: Maryam: «Parvardigorim, menga odamzod tegmagan boʻlsa, qayoqdan menda farzand boʻlsin?», dedi. Alloh aytdi: «Shunday, Alloh Oʻzi xohlagan narsasini (Oʻzi xohlagan suratda) yaratadi. Qachon biron ishni iroda qilsa, unga: «Boʻl!», deydi. Bas, u ish boʻladi».Марям: «Парвардигорим, менга одамзод тегмаган бўлса, қаёқдан менда фарзанд бўлсин?», деди. Аллоҳ айтди: «Шундай, Аллоҳ Ўзи хоҳлаган нарсасини (Ўзи хоҳлаган суратда) яратади. Қачон бирон ишни ирода қилса, унга: «Бўл!», дейди. Бас, у иш бўлади».
Bibi Maryam ota-onadan tugʻilib, odamlar ichida oʻsgan bir qiz. Uning insoniy tushunchasi boʻyicha, odatda erkak bilan birga boʻlmagan qiz bolaning farzand koʻrishi aqlga toʻgʻri kelmaydi. Farishtalar esa, unga bir oʻgʻil koʻrishining xabarini berib turishibdi. Shuning uchun:
«U: «Ey Robbim, menga bashar qoʻl tekkizmagan boʻlsa, qanday qilib bolam boʻladi?!» – dedi».
Shunda unga qisqa va tushunarli javob keladi. Bu javob odamlarni oʻzining tor aqliy muhitidan chiqib Allohga taalluqli oddiy haqiqatni anglashga undaydi:
«...Shunday, Alloh xohlaganini qiladi. Bir ishni iroda qilsa, «Boʻl!» deyishi kifoya, boʻlaveradi».
Jumladan, pok, bashar qoʻli tegmagan qizga ham «Tugʻ!» desa, tugʻaveradi.
Bu qisqa savol-javobdan keyin Maryamga xushxabar olib kelgan farishtalar tugʻilajak bolaning sifatlarini aytishda davom etadilar: