QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят46

وَيُكَلِّمُ ٱلنَّاسَ فِى ٱلْمَهْدِ وَكَهْلًا وَمِنَ ٱلصَّـٰلِحِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U odamlarga beshikda ham, qarigan chog`ida ham gapiradi va solihlardandir», deganlarini esla.У одамларга бешикда ҳам, қариган чоғида ҳам гапиради ва солиҳлардандир», деганларини эсла.Alauddin Mansour: U odamlarga goʻdaklik paytida ham voyaga yetgan chogʻidagidek gapirur. Va (u) solih bandalardandir».У одамларга гўдаклик пайтида ҳам вояга етган чоғидагидек гапирур. Ва (у) солиҳ бандалардандир».

56-sahifa · 3-juz · 6-hizb56-саҳифа · 3-жуз · 6-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَيُكَلِّمُva gapiradiва гапирадиٱلنَّاسَodamlargaодамларгаفِى-da-даٱلْمَهْدِbeshikбешикوَكَهْلًۭاva qarigan chogʻidaва қариган чоғидаوَمِنَva -danва -данٱلصَّـٰلِحِينَsolihlarсолиҳлар
TafsirТафсир

Oyatda kelgan «soʻz»dan murod Iyso alayhissalomdir. «Soʻz» arabchada kalima deyiladi. Iyso alayhissalomning bir nomlari «Kalimatulloh»dir. Chunki, u kishining dunyoga kelishiga Allohning «Boʻl» degan soʻzi, kalimasi sabab boʻlgan. Alloh taolo hamma narsaga qodir. Odam atoning jasadini tuproqdan yasadi. Odam shaklida yasalgan loy yerda yotgan edi, Alloh «Tur» deganida, jon kirib, turib ketdi.

Odatda qiz bola oʻzidan-oʻzi homilador boʻlmaydi. Lekin Alloh taolo Maryamga uning homilador boʻlib, Allohning kalimasi tufayli Masiyh Iyso ibn Maryam degan farzand koʻrishini farishtalar orqali bildirmoqda.

«Farishtalar: «Ey Maryam, albatta, Alloh senga Oʻzidan boʻlgan soʻzning bashoratini bermoqda, uning ismi Masiyh Iyso ibn Maryam...»–dedilar.

Shu bilan birga, uning boshqa sifatlarini ham sanab oʻtmoqdalar.

«bu dunyoyu oxiratda obroʻli va yaqin bandalardandir. Odamlarga beshikda ham, qarigan chogʻida ham gapiradi va solihlardandir»,–dedilar.

Butunlay jonsiz, qurib-qotgan loyga bir soʻz bilan jon kiritgan Alloh uchun tirik jon boʻlmish Maryamni bir soʻz bilan homilador qilib qoʻyish hech mushkul emas.

Yosh va bokira qiz Maryam bu bashoratni tushunmay qoldi. Bu nima sir ekanini bilish uchun Robbisiga munojot qildi: