QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят45

إِذْ قَالَتِ ٱلْمَلَـٰٓئِكَةُ يَـٰمَرْيَمُ إِنَّ ٱللَّهَ يُبَشِّرُكِ بِكَلِمَةٍ مِّنْهُ ٱسْمُهُ ٱلْمَسِيحُ عِيسَى ٱبْنُ مَرْيَمَ وَجِيهًا فِى ٱلدُّنْيَا وَٱلْـَٔاخِرَةِ وَمِنَ ٱلْمُقَرَّبِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Farishtalar: «Ey Maryam, albatta, Alloh senga O`zidan bo`lgan so`zning bashoratini bermoqda, uning ismi Masiyh Iyso ibn Maryam, bu dunyoyu oxiratda obro`li va yaqin bandalardandir.Фаришталар: «Эй Марям, албатта, Аллоҳ сенга Ўзидан бўлган сўзнинг башоратини бермоқда, унинг исми Масийҳ Ийсо ибн Марям, бу дунёю охиратда обрўли ва яқин бандалардандир.Alauddin Mansour: Eslang (ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), farishtalar dedilar: «Yo Maryam, albatta Alloh senga Oʻzining Soʻzini xushxabar qilib beradiki, uning ismi al-Masih Iyso binni Maryam boʻlib, dunyo-yu Oxiratda obroʻli va (Allohning) yaqinlaridandir.Эсланг (эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), фаришталар дедилар: «Ё Марям, албатта Аллоҳ сенга Ўзининг Сўзини хушхабар қилиб берадики, унинг исми ал-Масиҳ Ийсо бинни Марям бўлиб, дунё-ю Охиратда обрўли ва (Аллоҳнинг) яқинларидандир.

55-sahifa · 3-juz · 6-hizb55-саҳифа · 3-жуз · 6-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِذْesla, oʻshandaэсла, ўшандаقَالَتِdeganlariniдеганлариниٱلْمَلَـٰٓئِكَةُfarishtalarфаришталарيَـٰمَرْيَمُey Maryamэй МарямإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳيُبَشِّرُكِsenga bashorat bermoqdaсенга башорат бермоқдаبِكَلِمَةٍۢsoʻz (kalima) ilaсўз (калима) илаمِّنْهُOʻzidan boʻlganЎзидан бўлганٱسْمُهُuning ismiунинг исмиٱلْمَسِيحُMasihМасиҳعِيسَىIysoИйсоٱبْنُibn (oʻgʻli)ибн (ўғли)مَرْيَمَMaryamМарямوَجِيهًۭاobroʻliобрўлиفِى-da-даٱلدُّنْيَاbu dunyoбу дунёوَٱلْـَٔاخِرَةِva oxiratdaва охиратдаوَمِنَva -danва -данٱلْمُقَرَّبِينَyaqin bandalarяқин бандалар
TafsirТафсир

Oyatda kelgan «soʻz»dan murod Iyso alayhissalomdir. «Soʻz» arabchada kalima deyiladi. Iyso alayhissalomning bir nomlari «Kalimatulloh»dir. Chunki, u kishining dunyoga kelishiga Allohning «Boʻl» degan soʻzi, kalimasi sabab boʻlgan. Alloh taolo hamma narsaga qodir. Odam atoning jasadini tuproqdan yasadi. Odam shaklida yasalgan loy yerda yotgan edi, Alloh «Tur» deganida, jon kirib, turib ketdi.

Odatda qiz bola oʻzidan-oʻzi homilador boʻlmaydi. Lekin Alloh taolo Maryamga uning homilador boʻlib, Allohning kalimasi tufayli Masiyh Iyso ibn Maryam degan farzand koʻrishini farishtalar orqali bildirmoqda.

«Farishtalar: «Ey Maryam, albatta, Alloh senga Oʻzidan boʻlgan soʻzning bashoratini bermoqda, uning ismi Masiyh Iyso ibn Maryam...»–dedilar.

Shu bilan birga, uning boshqa sifatlarini ham sanab oʻtmoqdalar.

«bu dunyoyu oxiratda obroʻli va yaqin bandalardandir. Odamlarga beshikda ham, qarigan chogʻida ham gapiradi va solihlardandir»,–dedilar.

Butunlay jonsiz, qurib-qotgan loyga bir soʻz bilan jon kiritgan Alloh uchun tirik jon boʻlmish Maryamni bir soʻz bilan homilador qilib qoʻyish hech mushkul emas.

Yosh va bokira qiz Maryam bu bashoratni tushunmay qoldi. Bu nima sir ekanini bilish uchun Robbisiga munojot qildi: