QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят44

ذَٰلِكَ مِنْ أَنۢبَآءِ ٱلْغَيْبِ نُوحِيهِ إِلَيْكَ ۚ وَمَا كُنتَ لَدَيْهِمْ إِذْ يُلْقُونَ أَقْلَـٰمَهُمْ أَيُّهُمْ يَكْفُلُ مَرْيَمَ وَمَا كُنتَ لَدَيْهِمْ إِذْ يَخْتَصِمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bu g`ayb xabarlardan bo`lib, senga vahiy qilmoqdamiz. Ular qaysilari Maryamning kafili bo`lishiga qalamlarini tashlashayotganlarida oldilarida emasding va tortishayotganlarida ham oldilarida emasding.Бу ғайб хабарлардан бўлиб, сенга ваҳий қилмоқдамиз. Улар қайсилари Марямнинг кафили бўлишига қаламларини ташлашаётганларида олдиларида эмасдинг ва тортишаётганларида ҳам олдиларида эмасдинг.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), gʻayb xabarlaridan boʻlgan bu xabarni sizga Biz vahiy qilmoqdamiz. Holbuki, Siz ulardan qaysilari Maryamga kafil boʻlishini bilishlik uchun qalamlarini (qurʼa qilib) tashlaganlarida ularning oldida emasdingiz va talashib-tortishganlarida ham ularning oldida emasdingiz.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), ғайб хабарларидан бўлган бу хабарни сизга Биз ваҳий қилмоқдамиз. Ҳолбуки, Сиз улардан қайсилари Марямга кафил бўлишини билишлик учун қаламларини (қуръа қилиб) ташлаганларида уларнинг олдида эмасдингиз ва талашиб-тортишганларида ҳам уларнинг олдида эмасдингиз.

55-sahifa · 3-juz · 6-hizb55-саҳифа · 3-жуз · 6-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ذَٰلِكَbuбуمِنْ-dan-данأَنۢبَآءِxabarlarхабарларٱلْغَيْبِgʻaybғайбنُوحِيهِuni vahiy qilmoqdamizуни ваҳий қилмоқдамизإِلَيْكَ ۚsengaсенгаوَمَاva emasва эмасكُنتَedingэдингلَدَيْهِمْularning oldidaуларнинг олдидаإِذْoʻshandaўшандаيُلْقُونَtashlashayotganlaridaташлашаётганларидаأَقْلَـٰمَهُمْqalamlariniқаламлариниأَيُّهُمْular qaysilariулар қайсилариيَكْفُلُkafil boʻlishigaкафил бўлишигаمَرْيَمَMaryamningМарямнингوَمَاva emasва эмасكُنتَedingэдингلَدَيْهِمْularning oldidaуларнинг олдидаإِذْoʻshandaўшандаيَخْتَصِمُونَtortishayotganlaridaтортишаётганларида
TafsirТафсир

Bibi Maryamning onalarining ismi Hinna edi. U kishi Maryamni tuqqanlaridan keyin, vaʼdasiga vafo aylab, yangi yoʻrgaklangan chaqaloqni yahudiylarning «Haykal» ibodatxonasiga olib kelib, u yerdagi diniy xodimlarning oldiga qoʻyibdi va: «Bu nazr qilingan qizni olinglar», debdi. Shunda ular, men olaman-men olaman, deb talashib ketibdilar. Chunki, qizcha boshliqlari hazrati Imronning qizi edi-da. Albatta, bu ishlar Muhammad alayhissalomga qorongʻu, gʻayb ishlar edi. Bu maʼlumotni faqat Qurʼon keltirgan xabardan bilmoqdalar:

«Bu gʻayb xabarlardan boʻlib, senga vahiy qilmoqdamiz».

Bir narsa ustida bir necha kishi talashsa, yana hammalari u narsaga teng haqdor boʻlishsa, odatda qurʼa tashlanadi. Maryamga kafillikni talashganlar ham shu kabi vaziyatga tushib qoldilar. Shunda ular oʻrtasida «qalamlarini tashlash» boʻlib oʻtdi.

«Ular qaysilari Maryamning kafili boʻlishiga qalamlarini tashlashayotganlarida oldilarida emasding va tortishayotganlarida ham oldilarida emasding.»

Oyat «qalam tashlash»ning tafsilotini yoritmaydi. Rivoyatlarda kelishicha, ular qalamlarini Urdun daryosiga tashlashgan ekan. Hammaning qalami oqib ketib, Zakariyo alayhissalomning qalamlari oqmay turib qolibdi. Shuni alomat fahmlab, Maryamni u kishi olishlariga rozi boʻlishgan ekan.

Ahli kitoblar tarixida kechgan bu sirli hodisalarni ochiqlash bilan Muhammad alayhissalom haq Paygʻambar ekanliklarini isbot qilinmoqda. Chunki, Allohdan xabar kelmasa, u kishi bu voqealarni mayda-chuyda holatlarigacha aniq bilishlari mumkin emas. Ushbu xabarlar nihoyatda toʻgʻriligidan oyati karima tushgan oʻsha vaqtdagi ahli kitoblar bunga qarshi churq eta olmaganlar. Agar haq boʻlmaganida, Qurʼonni va Paygʻambarni kamsitishga imkoniyat va ayb izlab yurgan ahli kitoblar buni darrov doʻmbira qilgan boʻlishardi.

Moʻʼjizalarning kattasi endi boshlanadi: