QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят54

وَمَكَرُوا۟ وَمَكَرَ ٱللَّهُ ۖ وَٱللَّهُ خَيْرُ ٱلْمَـٰكِرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Makr qildilar. Alloh ham makr qildi. Alloh makr qiluvchilarning «zo`ri»dir.Макр қилдилар. Аллоҳ ҳам макр қилди. Аллоҳ макр қилувчиларнинг «зўри»дир.Alauddin Mansour: (Yahudiylar) makr qildilar. Alloh ham «makr» qildi. Alloh makr qilguvchilarning «zoʻri»dir.(Яҳудийлар) макр қилдилар. Аллоҳ ҳам «макр» қилди. Аллоҳ макр қилгувчиларнинг «зўри»дир.

57-sahifa · 3-juz · 6-hizb57-саҳифа · 3-жуз · 6-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَكَرُوا۟va makr qildilarва макр қилдиларوَمَكَرَva makr qildiва макр қилдиٱللَّهُ ۖAllohАллоҳوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳخَيْرُeng zoʻridirэнг зўридирٱلْمَـٰكِرِينَmakr qiluvchilarningмакр қилувчиларнинг
TafsirТафсир

Maʼlumki, «makr» yomon sifatdir, uni Alloh taolo nomiga nisbatan ishlatib boʻlmaydi. Lekin arab tili qoidalarida «mushokala» degan qoida bor. «Mushokala»ning lugʻaviy maʼnosi–shaklda oʻxshash boʻlishdir. Balogʻat qoidasi boʻyicha, maʼnolari har xil boʻlgan baʼzi bir ishlarga nisbatan bir xil soʻzlarning ishlatilishiga «mushokala» deyiladi. «Makr» soʻzi tadbir maʼnosini ham anglatadi. Bani Isroil makr-hiyla qildi, Alloh taolo ularning makriga qarshi tadbir koʻrdi. Shu yerda «tadbir» soʻzi oʻrniga mushokala uchun, yaʼni, shaklda Bani Isroilga nisbatan berilgan makrga oʻxshashi uchun Alloh taolo Oʻziga nisbatan ham «makr» soʻzini ishlatmoqda. Bunda yahudiylarning makrini masxara qilish ohangi ham bor.

Bani Isroil Iyso alayhissalomni xochga osishni va oʻldirishni xohlab, qoʻllaridan kelgan makr-hiylalarni qildilar. Alloh esa, u kishini qutqarishni va Oʻziga koʻtarishni iroda qildi. Allohning tadbiri amalga oshdi. Makkor yahudiylarning hiylasi oʻtmadi.