QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят55

إِذْ قَالَ ٱللَّهُ يَـٰعِيسَىٰٓ إِنِّى مُتَوَفِّيكَ وَرَافِعُكَ إِلَىَّ وَمُطَهِّرُكَ مِنَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَجَاعِلُ ٱلَّذِينَ ٱتَّبَعُوكَ فَوْقَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْقِيَـٰمَةِ ۖ ثُمَّ إِلَىَّ مَرْجِعُكُمْ فَأَحْكُمُ بَيْنَكُمْ فِيمَا كُنتُمْ فِيهِ تَخْتَلِفُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh: «Ey Iyso, men seni vafot qildiruvchi va O`zimga ko`taruvchiman hamda kufr keltirganlardan seni poklovchiman va qiyomat kunigacha senga ergashganlarni kufr keltirganlardan ustun qo`yuvchiman. So`ngra, qaytish joyingiz O`zimga, bas, ixtilof qilgan narsalaringiz bo`yicha orangizda O`zim hukm chiqarurman», deganini esla!Аллоҳ: «Эй Ийсо, мен сени вафот қилдирувчи ва Ўзимга кўтарувчиман ҳамда куфр келтирганлардан сени покловчиман ва қиёмат кунигача сенга эргашганларни куфр келтирганлардан устун қўювчиман. Сўнгра, қайтиш жойингиз Ўзимга, бас, ихтилоф қилган нарсаларингиз бўйича орангизда Ўзим ҳукм чиқарурман», деганини эсла!Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Alloh aytgan bu soʻzlarni eslang: «Yo Iyso, albatta Men seni Yerdan bus-butun (yaʼni, hech qanday zarar yetkazmasdan) oluvchi va Oʻz huzurimga koʻtarguvchiman. Va kofirlar yomonligidan xalos qilguvchiman hamda to Qiyomat Kunigacha senga ergashgan zotlarni kofirlardan yuqori qoʻyguvchiman. Soʻngra Menga qaytajaksiz. Bas, oʻzim sizlar talashib-tortishgan narsalar haqida oralaringizda hakamlik qilurman.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Аллоҳ айтган бу сўзларни эсланг: «Ё Ийсо, албатта Мен сени Ердан бус-бутун (яъни, ҳеч қандай зарар етказмасдан) олувчи ва Ўз ҳузуримга кўтаргувчиман. Ва кофирлар ёмонлигидан халос қилгувчиман ҳамда то Қиёмат Кунигача сенга эргашган зотларни кофирлардан юқори қўйгувчиман. Сўнгра Менга қайтажаксиз. Бас, ўзим сизлар талашиб-тортишган нарсалар ҳақида ораларингизда ҳакамлик қилурман.

57-sahifa · 3-juz · 6-hizb57-саҳифа · 3-жуз · 6-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِذْesla, oʻshandaэсла, ўшандаقَالَdediдедиٱللَّهُAllohАллоҳيَـٰعِيسَىٰٓey Iysoэй Ийсоإِنِّىalbatta, Menалбатта, Менمُتَوَفِّيكَseni vafot qildiruvchimanсени вафот қилдирувчиманوَرَافِعُكَva seni koʻtaruvchimanва сени кўтарувчиманإِلَىَّOʻzimgaЎзимгаوَمُطَهِّرُكَva seni poklovchimanва сени покловчиманمِنَ-dan-данٱلَّذِينَularуларكَفَرُوا۟kufr keltirganlarкуфр келтирганларوَجَاعِلُva qoʻyuvchimanва қўювчиманٱلَّذِينَularniуларниٱتَّبَعُوكَsenga ergashganlarniсенга эргашганларниفَوْقَustunустунٱلَّذِينَulardanуларданكَفَرُوٓا۟kufr keltirganlardanкуфр келтирганларданإِلَىٰ-gacha-гачаيَوْمِkuniкуниٱلْقِيَـٰمَةِ ۖqiyomatқиёматثُمَّsoʻngraсўнграإِلَىَّOʻzimgaЎзимгаمَرْجِعُكُمْqaytish joyingizқайтиш жойингизفَأَحْكُمُbas, hukm chiqaramanбас, ҳукм чиқараманبَيْنَكُمْorangizdaорангиздаفِيمَاnarsa boʻyichaнарса бўйичаكُنتُمْsiz boʻlganсиз бўлганفِيهِundaундаتَخْتَلِفُونَixtilof qilar edingizихтилоф қилар эдингиз
TafsirТафсир

Oyatdagi «vafot qildiruvchi» degan maʼnoni koʻpchilik tafsirchilar «uxlatuvchi» deb aytganlar. Shu bilan birga, «vafot» soʻzi «uxlash» maʼnosida ishlatilishiga Qurʼoni Karimning boshqa oyatlaridan, hadisdan va arab tilidan dalillar keltirishgan. Misol uchun, Alloh taolo «Anʼom» surasida: «U sizlarni kechasi vafot ettiradigan zot», degan. Paygʻambarimiz Muhammad alayhissolatu vassalom uyqudan turganlarida: «Bizni oʻldirganidan soʻng tiriltirgan Allohga hamd boʻlsin», der ekanlar. Arabchada «vafot» soʻzi bir narsani toʻligʻicha olish maʼnosini bildiradi.

«Alloh: «Ey Iyso, men seni vafot qildiruvchi va Oʻzimga koʻtaruvchiman»,–dedi.

Ahli sunna va jamoa mazhabi oʻta ishonchli manbalar asosida Iyso alayhissalom oʻlganlari yoʻq, Alloh u kishini Oʻziga koʻtarib olgan, qiyomat qoim boʻlishidan oldin qaytib tushadilar, deb eʼtiqod qiladi. Joyi kelganda, bu mavzu yana alohida oʻrganiladi ham.

Lekin Alloh u zotni qanday qilib vafot ettirdi, qanday qilib Oʻziga koʻtardi–Oʻzidan boshqa hech kim bilmaydi. Bu masala ochiq boʻlib, bandalarning dahli boʻlmagan, mutashobih, gʻayb masalalariga kiradi. Buning haqiqatini topishga amr ham boʻlgani yoʻq.

«...hamda kufr keltiruvchilardan seni poklovchiman».

Yaʼni, ularning yomonliklaridan qutqazuvchiman. Alloh taoloning

«... va qiyomat kunigacha senga ergashganlarni kufr keltirganlardan ustun qoʻyuvchiman», degan vaʼdasi haqida soʻz yuritadigan boʻlsak, «u kishiga ergashuvchilar» deganda, Allohdan kelgan toʻgʻri dinga ergashuvchilar tushuniladi. Hozirgi vaqtgacha, biz Iysoning dinidamiz, deb yurgan masihiylar u kishiga haqiqiy ergashuvchilar emas. Ular Iyso alayhissalomga kelgan dinni buzib yuborganlar va ularning avlodlaridir. Allohning huzuridagi toʻgʻri din Islomdir. Demak, musulmonlar Iyso alayhissalomga haqiqiy ergashuvchilar hisoblanadilar. Mazkur vaʼda ham ularga toʻgʻri keladi.

«Soʻngra, qaytish joyingiz Oʻzimga, bas, ixtilof qilgan narsalaringiz boʻyicha orangizda Oʻzim hukm chiqarurman.»

Qiyomat kuni hamma Allohning huzuriga qaytib boradi. Bunga shubha yoʻq. Har kim qilganiga yarasha jazo yoki mukofot olishi ham aniq.

Bu dunyoda ixtilofga tushib yechilmay qolgan masalalarning hukmini Allohning Oʻzi chiqaradi.

Kelasi ikki oyatda oxiratdagi hukm kimga nisbatan qanday chiqishining bayoni keladi: