يَـٰٓأَهْلَ ٱلْكِتَـٰبِ لِمَ تُحَآجُّونَ فِىٓ إِبْرَٰهِيمَ وَمَآ أُنزِلَتِ ٱلتَّوْرَىٰةُ وَٱلْإِنجِيلُ إِلَّا مِنۢ بَعْدِهِۦٓ ۚ أَفَلَا تَعْقِلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, ahli kitoblar, nimaga Ibrohim haqida talashasizlar. Holbuki, Tavrot ham, Injil ham undan keyin tushgan-ku! Aql yuritmaysizlarmi?!Эй, аҳли китоблар, нимага Иброҳим ҳақида талашасизлар. Ҳолбуки, Таврот ҳам, Инжил ҳам ундан кейин тушган-ку! Ақл юритмайсизларми?!Alauddin Mansour: Ey ahli kitob, nima uchun Ibrohim xususida (u bizning dinimizda boʻlgan, deb) talashasizlar! Axir Tavrot ham, Injil ham undan keyin nozil boʻlgani aniq-ku?! Aql yurgizmaysizlarmi?!Эй аҳли китоб, нима учун Иброҳим хусусида (у бизнинг динимизда бўлган, деб) талашасизлар! Ахир Таврот ҳам, Инжил ҳам ундан кейин нозил бўлгани аниқ-ку?! Ақл юргизмайсизларми?!
Nima uchun yahudiy va nasorolar Paygʻambar alayhissalomning huzurlarida Ibrohim alayhissalom haqida tortishdilar? Chunki hamma–yahudiylar ham, nasorolar ham, Ibrohim alayhissalomga Alloh taolo sening zurriyotingga Paygʻambarlikni beraman, deb vaʼda qilganini yaxshi bilishardi. Shuning uchun, hammalari ushbu fazl oʻzlariga tegishli boʻlishiga harakat qilishardi. Eng muhimi–Ibrohim alayhissalomning dinidaman, deyayotgan Muhammad alayhissalomni yolgʻonchiga chiqarishga urinishardi.
Ushbu maqsadlariga erishish yoʻlida qiziqib ketganlaridan hatto aqllarini yoʻqotar holga tushdilar va yahudiylikdan bir qancha zamonlar avval yashab oʻtgan Ibrohim alayhissalomni «yahudiy» deb yubordilar. Holbuki, Tavrot u kishidan keyin tushgan va «yahudiy» degan nom ham keyin chiqqan. Xuddi shuningdek, nasorolar ham Injil tushishidan minglab yillar avval oʻtgan Ibrohim alayhissalomni nasroniy edi, deyishga haqlari yoʻq.
Keyingi oyatda ahli kitoblarning daʼvosi behuda ekanini fosh etish davom etadi.