قُلْ يَـٰٓأَهْلَ ٱلْكِتَـٰبِ تَعَالَوْا۟ إِلَىٰ كَلِمَةٍ سَوَآءٍۭ بَيْنَنَا وَبَيْنَكُمْ أَلَّا نَعْبُدَ إِلَّا ٱللَّهَ وَلَا نُشْرِكَ بِهِۦ شَيْـًٔا وَلَا يَتَّخِذَ بَعْضُنَا بَعْضًا أَرْبَابًا مِّن دُونِ ٱللَّهِ ۚ فَإِن تَوَلَّوْا۟ فَقُولُوا۟ ٱشْهَدُوا۟ بِأَنَّا مُسْلِمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Ey, ahli kitoblar! Bizga ham, sizga ham barobar so`zga keling: Allohdan o`zgaga ibodat qilmaylik, Unga hech narsani sherik qilmaylik va Allohni qo`yib, ba'zimiz ba'zimizni Robb qilib olmaylik», degin. Bas, agar yuz o`girsalar: «Guvoh bo`linglar, biz, albatta, musulmonlarmiz», deb aytinglar.Сен: «Эй, аҳли китоблар! Бизга ҳам, сизга ҳам баробар сўзга келинг: Аллоҳдан ўзгага ибодат қилмайлик, Унга ҳеч нарсани шерик қилмайлик ва Аллоҳни қўйиб, баъзимиз баъзимизни Робб қилиб олмайлик», дегин. Бас, агар юз ўгирсалар: «Гувоҳ бўлинглар, биз, албатта, мусулмонлармиз», деб айтинглар.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom) ayting: «Ey ahli kitob» (yaʼni, yahudiy va nasroniylar), bizga ham, sizga ham bab-barobar boʻlgan bir soʻzga kelingiz — yolgʻiz Allohgagina ibodat qilaylik, Unga hech narsani sherik qilmaylik va bir-birovlarimizni Allohdan oʻzga xudo qilib olmaylik». Agar ular (yaʼni, ahli kitoblar) ushbu daʼvatdan yuz oʻgirsalar, u holda sizlar (ey moʻminlar): «Guvoh boʻlinglar, biz musulmonlar — yagona Allohga itoat qilguvchilarmiz», deb aytingiz!(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом) айтинг: «Эй аҳли китоб» (яъни, яҳудий ва насронийлар), бизга ҳам, сизга ҳам баб-баробар бўлган бир сўзга келингиз — ёлғиз Аллоҳгагина ибодат қилайлик, Унга ҳеч нарсани шерик қилмайлик ва бир-бировларимизни Аллоҳдан ўзга худо қилиб олмайлик». Агар улар (яъни, аҳли китоблар) ушбу даъватдан юз ўгирсалар, у ҳолда сизлар (эй мўминлар): «Гувоҳ бўлинглар, биз мусулмонлар — ягона Аллоҳга итоат қилгувчилармиз», деб айтингиз!
Ahli kitoblar, deb yahudiy va nasorolar nazarda tutilishini aytdik. Oyat ularni oʻzaro barobar, adolatli va insofli bir soʻzga kelishib olishga daʼvat etmoqda.
«Sen: «Ey, ahli kitoblar! Bizga ham, sizga ham barobar soʻzga keling: Allohdan oʻzgaga ibodat qilmaylik, Unga hech narsani sherik qilmaylik va Allohni qoʻyib, baʼzimiz baʼzimizni Robb qilib olmaylik», degin».
Bu daʼvatda faqat musulmonlarninggina foydasi koʻzlangan emas. Chunki, Allohdan oʻzgaga ibodat qilmaslik hamma uchun zarur, hammaga foyda. Buning ustiga, ahli kitob ham shuni daʼvo qiladi.
Shuningdek, Allohga hech narsani sherik qilmaslik ham faqat musulmonlarga emas, hammaga kerak.
Baʼzi bandalarning boshqa bandalarga banda boʻlishi (yaʼni, boshqacha aytganda, insonning insonga qul boʻlishi), oʻziga oʻxshagan bandaga sigʻinishi, uning irodasiga koʻra yashashi, uning xohish-istaklariga boʻysunishi insonning insonlik shaʼnini oyoqosti qiladi. Bu aslo mumkin narsa emas. Hamma–ummat ham, Paygʻambar ham, Allohninggina bandasidir.
«Ey, ahli kitoblar! Bizga ham, sizga ham barobar soʻzga keling: Allohdan oʻzgaga ibodat qilmaylik, Unga hech narsani sherik qilmaylik va Allohni qoʻyib, baʼzimiz baʼzimizni Robb qilib olmaylik», degin.
Yaʼni, agar ahli kitoblar Allohning yagona Oʻziga ibodat qilishdan, Unga hech narsani sherik qilmaslikdan, Allohdan oʻzgaga sigʻinmaslikdan yuz oʻgirsalar, unda ularning kimligi maʼlum boʻladi. Sizlar ham oʻzingizning kimligingizni ularga baralla aytib qoʻyinglar:
«Guvoh boʻlinglar, biz, albatta, musulmonlarmiz», deb aytinglar».
Dunyoda faqat musulmonlargina Allohning yagona Oʻziga ibodat qiladilar!
Dunyoda faqat musulmonlargina Allohga hech narsani sherik qilmaydilar!
Dunyoda faqat musulmonlargina Allohni qoʻyib baʼzilari baʼzilarini robb, iloh qilib olmaydilar!
Islom bandalarni bandaga sigʻinishdan Allohga sigʻinishga olib chiqqan yagona din va tuzumdir!
Muhammad ibn Ishoq qilgan rivoyatda Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu :
«Najron nasorolari bilan yahudiylarning diniy olimlari Paygʻambarimiz alayhissolatu vassalomning huzurlarida yigʻilib, Ibrohim alayhissalom haqlarida tortishdilar. Yahudiylar:
«Ibrohim faqat yahudiy boʻlgan», deyishdi. Nasorolar:
«Ibrohim faqat nasroniy boʻlgan», deyishdi. Shunda Alloh taolo:
«Ey, ahli kitoblar, nimaga Ibrohim haqida talashasizlar...» oyatini tushirdi», deydilar.