QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят63

فَإِن تَوَلَّوْا۟ فَإِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمٌۢ بِٱلْمُفْسِدِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar yuz o`girib ketsalar, bas, albatta, Alloh fasod qiluvchilarni biluvchidir.Агар юз ўгириб кетсалар, бас, албатта, Аллоҳ фасод қилувчиларни билувчидир.Alauddin Mansour: Endi ham (haqiqatdan) yuz oʻgirsalar bas, albatta Alloh buzgʻunchilarni bilguvchidir.Энди ҳам (ҳақиқатдан) юз ўгирсалар бас, албатта Аллоҳ бузғунчиларни билгувчидир.

58-sahifa · 3-juz · 6-hizb58-саҳифа · 3-жуз · 6-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَإِنbas, agarбас, агарتَوَلَّوْا۟yuz oʻgirib ketsalarюз ўгириб кетсаларفَإِنَّbas, albattaбас, албаттаٱللَّهَAllohАллоҳعَلِيمٌۢbiluvchidirбилувчидирبِٱلْمُفْسِدِينَfasod qiluvchilarniфасод қилувчиларни
TafsirТафсир

Allohning ibodatga sazovor yagona zot ekanligi haqidagi daʼvatdan yuz oʻgirganlar fasod qiluvchi, buzgʻunchilar ekan. Ularning fasodi dunyodagi hamma fasodlardan yomondir. Chunki, ular: Allohdan oʻzga ibodatga, itoatga sazovor zotlar bor, deyishadi. Bu esa, oxiri kelib shaxsga, hodisalarga sigʻinishga taqaladi. Odamlardan baʼzilari hamma oʻziga boʻysunishini, uning aytganini qonun deb qabul qilishini xohlaydi. Banda bandaga bandalik qilishi yoʻlga qoʻyiladi. Bu esa, dunyoda eng yomon holdir.

Shuning uchun ham, kelasi oyat ahli kitobni Allohdan boshqaga ibodat qilmaslikka, unga shirk keltirmaslikka va odamlar bir- birlariga sigʻinmasliklariga oʻzaro kelishib olishga daʼvat etmoqda: