إِنَّ هَـٰذَا لَهُوَ ٱلْقَصَصُ ٱلْحَقُّ ۚ وَمَا مِنْ إِلَـٰهٍ إِلَّا ٱللَّهُ ۚ وَإِنَّ ٱللَّهَ لَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, bu o`zi haq qissadir. Allohdan o`zga hech bir iloh yo`q. Albatta, Alloh, Uning O`zi Aziyz va Hakiym Zotdir.Албатта, бу ўзи ҳақ қиссадир. Аллоҳдан ўзга ҳеч бир илоҳ йўқ. Албатта, Аллоҳ, Унинг Ўзи Азийз ва Ҳакийм Зотдир.Alauddin Mansour: Albatta, bu haq-rost qissadir. (Yaʼni, Iyso hech qanday xudo emas, balki Allohning boshqa hamma paygʻambari kabi oddiy odam zotidandir). Va hech qanday iloh yoʻq, faqat Allohning Oʻzi bor. Va albatta Allohning Oʻzigina qudratli va hikmatlidir.Албатта, бу ҳақ-рост қиссадир. (Яъни, Ийсо ҳеч қандай худо эмас, балки Аллоҳнинг бошқа ҳамма пайғамбари каби оддий одам зотидандир). Ва ҳеч қандай илоҳ йўқ, фақат Аллоҳнинг Ўзи бор. Ва албатта Аллоҳнинг Ўзигина қудратли ва ҳикматлидир.
Yaʼni, Iyso haqida senga kelgan qissalar haqdir. Hech qanday shubhaga oʻrin yoʻq: «Albatta, bu oʻzi haq qissadir». Nasorolarning Iyso ham «xudo» deyishlari notoʻgʻri: «Allohdan oʻzga hech bir iloh yoʻq». Allohning Oʻzi aziz, hammadan gʻolib, birov Unga qarshi chiqa olmaydi. U hakim–har bir ishni oʻz oʻrnida, hikmat bilan qiladi.