فَمَنْ حَآجَّكَ فِيهِ مِنۢ بَعْدِ مَا جَآءَكَ مِنَ ٱلْعِلْمِ فَقُلْ تَعَالَوْا۟ نَدْعُ أَبْنَآءَنَا وَأَبْنَآءَكُمْ وَنِسَآءَنَا وَنِسَآءَكُمْ وَأَنفُسَنَا وَأَنفُسَكُمْ ثُمَّ نَبْتَهِلْ فَنَجْعَل لَّعْنَتَ ٱللَّهِ عَلَى ٱلْكَـٰذِبِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Senga kelgan ilmdan keyin, kim sen bilan u haqida tortishsa, Sen: «Kelinglar, bizning bolalarimizni va sizning bolalaringizni, bizning ayollarimizni va sizning ayollaringizni, biz o`zimizni, siz o`zingizni chaqiramiz-da, so`ngra yolborib, yolg`onchilarga Allohning la'nati bo`lishini so`raymiz», deb aytgin.Сенга келган илмдан кейин, ким сен билан у ҳақида тортишса, Сен: «Келинглар, бизнинг болаларимизни ва сизнинг болаларингизни, бизнинг аёлларимизни ва сизнинг аёлларингизни, биз ўзимизни, сиз ўзингизни чақирамиз-да, сўнгра ёлбориб, ёлғончиларга Аллоҳнинг лаънати бўлишини сўраймиз», деб айтгин.Alauddin Mansour: Endi Sizga kelgan mana shu haq maʼlumotdan keyin (nasroniylardan) kimda-kim Siz bilan talashib-tortishmoqchi boʻlsa, (unday kimsalarga) ayting: «Kelinglar, oʻgʻillarimizni va oʻgʻillaringizni, ayollarimiz va ayollaringizni, oʻzlarimizni va oʻzlaringizni chorlab-yigʻaylik, soʻngra Allohga tazarruʼ bilan iltijo qilaylik-da, yolgʻonchilarni Alloh laʼnat qilishini soʻraylik».Энди Сизга келган мана шу ҳақ маълумотдан кейин (насронийлардан) кимда-ким Сиз билан талашиб-тортишмоқчи бўлса, (ундай кимсаларга) айтинг: «Келинглар, ўғилларимизни ва ўғилларингизни, аёлларимиз ва аёлларингизни, ўзларимизни ва ўзларингизни чорлаб-йиғайлик, сўнгра Аллоҳга тазарруъ билан илтижо қилайлик-да, ёлғончиларни Аллоҳ лаънат қилишини сўрайлик».
Rivoyatlarda kelishicha, «Oli Imron» surasining avvalidan to sakson nechanchi oyatigacha Paygʻambarimiz huzurlariga Najron nasorolari kelib, din haqida, Maryam va Iyso haqida va boshqa masalalar xususida tortishgan vaqtda nozil boʻlgan. Ular bilan boʻlgan tortishuv bir maqomga yetib, Islomning haqligi ochiq-oydin boʻlib qolganda ham, raqib taraf qaysarlik bilan, oʻzimniki toʻgʻri, deb turib olgan. Shunda Alloh taolo Paygʻambar alayhissalomga ularni mubohalaga, yaʼni, bolalar va ayollarni toʻplab, oʻzlari ham qoʻshilib, ikki taraf ham: «Shu masalada kim yolgʻon gapirayotgan boʻlsa, oʻshanga Allohning laʼnati boʻlsin», deb duo qilishga chaqirishni buyurdi. Paygʻambar alayhissalom mazkur nasorolarni mubohalaga chaqirganlarida, ular koʻnmadilar. Lekin mansablarini, obroʻlarini, moldunyolarini yoʻqotishdan qoʻrqib, Islomni ham qabul qilmadilar. Bunga keyingi oyatlardagi maʼnolarda ham ishora bor.