QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят60

ٱلْحَقُّ مِن رَّبِّكَ فَلَا تَكُن مِّنَ ٱلْمُمْتَرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bu haqiqat Robbingdandir, bas, shak keltiruvchilardan bo`lma.Бу ҳақиқат Роббингдандир, бас, шак келтирувчилардан бўлма.Alauddin Mansour: (Bu) Parvardigoringiz tomonidan boʻlgan haq soʻzdir. Bas, shubha qilguvchilardan boʻlmang!(Бу) Парвардигорингиз томонидан бўлган ҳақ сўздир. Бас, шубҳа қилгувчилардан бўлманг!

57-sahifa · 3-juz · 6-hizb57-саҳифа · 3-жуз · 6-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱلْحَقُّbu haqiqatбу ҳақиқатمِن-dan-данرَّبِّكَRobbingРоббингفَلَاbas, emasбас, эмасتَكُنboʻlginбўлгинمِّنَ-dan-данٱلْمُمْتَرِينَshak keltiruvchilarшак келтирувчилар
TafsirТафсир

Yaʼni, Iyso haqidagi bu haqiqat Robbingdandir, boshqa hech kimdan emas. Alloh taolodan kelgan narsaga Paygʻambar alayhissalom hech qachon shak qilmagan boʻlmasalar ham, u kishiga «shak keltiruvchilardan boʻlma», deyilayotgani taʼkid uchun, haqda sobit turishga daʼvatdir. Chunki, Islom dushmanlarining moʻminlarni yoʻldan ozdirish uchun qilgan, qilayotgan va qilajak ishlari maʼlum edi.

Iyso alayhissalom haqlaridagi bor haqiqat ochiqlanganidan keyin, Alloh taolo Paygʻambar alayhissalomga xitob qilib, munozarani, gap talashishni tugatishga, kofirlarni mubohalaga chaqirishga amr etmoqda: