QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят59

إِنَّ مَثَلَ عِيسَىٰ عِندَ ٱللَّهِ كَمَثَلِ ءَادَمَ ۖ خَلَقَهُۥ مِن تُرَابٍ ثُمَّ قَالَ لَهُۥ كُن فَيَكُونُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Allohning huzurida Iysoning misoli xuddi Odamning misoliga o`xshaydir. Uni tuproqdan yaratib, so`ngra unga «Bo`l!» dedi, bas, (u) bo`ldi.Албатта, Аллоҳнинг ҳузурида Ийсонинг мисоли худди Одамнинг мисолига ўхшайдир. Уни тупроқдан яратиб, сўнгра унга «Бўл!» деди, бас, (у) бўлди.Alauddin Mansour: Albatta Iysoning (otasiz tugʻilishining) misoli Alloh nazdida xuddi Odamning misoli kabidirki, uni tuproqdai yaratib, soʻngra «Boʻl», dedi. Bas, u (jonli odam) boʻldi.Албатта Ийсонинг (отасиз туғилишининг) мисоли Аллоҳ наздида худди Одамнинг мисоли кабидирки, уни тупроқдаи яратиб, сўнгра «Бўл», деди. Бас, у (жонли одам) бўлди.

57-sahifa · 3-juz · 6-hizb57-саҳифа · 3-жуз · 6-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаمَثَلَmisoliмисолиعِيسَىٰIysoningИйсонингعِندَhuzuridaҳузуридаٱللَّهِAllohningАллоҳнингكَمَثَلِmisoliga oʻxshaydiмисолига ўхшайдиءَادَمَ ۖOdamningОдамнингخَلَقَهُۥuni yaratdiуни яратдиمِن-dan-данتُرَابٍۢtuproqтупроқثُمَّsoʻngraсўнграقَالَdediдедиلَهُۥungaунгаكُن«Boʻl!»«Бўл!»فَيَكُونُbas, boʻldiбас, бўлди
TafsirТафсир

Insonlar oʻlchovi va koʻnikmalariga binoan qaralsa, Iyso alayhissalomning tugʻilishlari odamni hayratga soluvchi, gʻayritabiiy hodisa hisoblanadi. Shuning uchun, ahli kitoblar, xususan, nasorolar Iyso alayhissalom haqlarida, xossatan, u kishining tugʻilishlari haqida ixtiloflar qilishgan. U kishi otasiz dunyoga kelganlari uchun turli-tuman afsonalar, bekorchi xayollarni toʻqiganlar.

Holbuki, ahli kitoblar Odam alayhissalomning tuproqdan yaratilganini, Allohning puflashi oqibatida jon kirganini yaxshi bilishadi. Bu haqda hech qanday ixtilof qilishmaydi. Yoʻq yerdan Odam alayhissalomni yaratgan Zot Iyso alayhissalomni tirik yurgan Maryamdan otasiz holda yarata olmaydimi?! Allohning har bir narsaga qodir ekanligiga ishongan esi bor odam bunga shubhasiz iqror boʻladi.

Alloh taolo insonning dunyoga kelishiga ota-onani sabab qilib qoʻygan. Ota-onaning qoʻshilishi oqibatida inson dunyoga kelishi hodisasi doimiy takrorlanaverganidan, odam shu koʻrib turgan tajribasiga suyanib, sababchilarni asoschining oʻrniga qoʻyib yuboradi, ota-ona boʻlmasa, bola boʻlmaydi, degan hukmni chiqaradi. Alloh agar xohlasa, ota-onasiz ham insonni dunyoga keltira olishi mumkinligini esdan chiqaradi. Bu haqiqatni bandalarining esiga solib turish uchun Alloh taolo baʼzan umumiy qoidadan tashqari chiqib, ayrim nodir ishlarni qilib, odamlarning koʻziga koʻrsatib qoʻygan. Masalan, farzand dunyoga kelishining asosiy sababchilari ota-ona emas, balki Alloh ekanligini bilsinlar uchun baʼzilarni tugʻmas yo tugʻdirolmas qilib qoʻygan. Ota-onaning qoʻshilishi bola tugʻilishining asosiy sababi boʻlsa, nima uchun bir-biriga qoʻshilgan hamma ota-onadan bola tugʻilavermaydi?! Holbuki, Alloh Odam Atoni otasiz va onasiz yaratdi. Ayolsiz, faqat erkak kishidan ham inson paydo boʻlishi mumkinligining isbotiga Odam Atodan Momo Havoni yaratdi. Erkaksiz, faqat ayoldan ham inson dunyoga kelishi mumkinligini esa, Bibi Maryamdan Iysoning tugʻilishi isbotlaydi. Ha, Alloh har bir ishga qodir zotdir. «Boʻl!» desa, bas, xohlagan ishi boʻladi.