QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят67

مَا كَانَ إِبْرَٰهِيمُ يَهُودِيًّا وَلَا نَصْرَانِيًّا وَلَـٰكِن كَانَ حَنِيفًا مُّسْلِمًا وَمَا كَانَ مِنَ ٱلْمُشْرِكِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ibrohim yahudiy ham, nasroniy ham bo`lmagan edi. Lekin u haq yo`ldan toymagan musulmon edi. Va mushriklardan ham bo`lmagan edi.Иброҳим яҳудий ҳам, насроний ҳам бўлмаган эди. Лекин у ҳақ йўлдан тоймаган мусулмон эди. Ва мушриклардан ҳам бўлмаган эди.Alauddin Mansour: Ibrohim yahudiy ham, nasroniy ham emas, balki haq yoʻldan toymagan holida (Allohga) itoat qilguvchi kishi boʻlgan. U mushriklardan ham boʻlmagan.Иброҳим яҳудий ҳам, насроний ҳам эмас, балки ҳақ йўлдан тоймаган ҳолида (Аллоҳга) итоат қилгувчи киши бўлган. У мушриклардан ҳам бўлмаган.

58-sahifa · 3-juz · 6-hizb58-саҳифа · 3-жуз · 6-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
مَاemasэмасكَانَediэдиإِبْرَٰهِيمُIbrohimИброҳимيَهُودِيًّۭاyahudiyяҳудийوَلَاva emasва эмасنَصْرَانِيًّۭاnasroniyнасронийوَلَـٰكِنlekinлекинكَانَu ediу эдиحَنِيفًۭاhaq yoʻldan toymaganҳақ йўлдан тоймаганمُّسْلِمًۭاmusulmonмусулмонوَمَاva emasва эмасكَانَu ediу эдиمِنَ-dan-данٱلْمُشْرِكِينَmushriklarмушриклар
TafsirТафсир

Ushbu oyatda avval aytilgan haqiqat yana bir bor taʼkidlanmoqda:

«Ibrohim yahudiy ham, nasroniy ham boʻlmagan edi. Lekin u haq yoʻldan toymagan musulmon edi».

Ibrohim alayhissalom yahudiy ham, nasroniy ham boʻlmaganlar, chunki bu istilohlar u kishidan keyin chiqqandir. Ibrohim alay- hissalom boshqa turli millatlarga toymagan, doimo Islomda turganlar. Bu degani, Muhammad alayhissalomning dinlarida boʻlgan, yaʼni u kishiga kelgan vahiyga amal qilgan, degani emas, balki bu atamadan Alloh ixtiyor qilgan shomil maʼno qasd qilinmoqda.

«Va mushriklardan ham boʻlmagan edi».

Bu oyati karimadan bir qancha xulosalar chiqadi:

1. Yahudiy va nasroniylar ham mushriklar ekan. Darhaqiqat, ular Uzayr Allohning oʻgʻli, Masiyh Allohning oʻgʻli, deyishadi.

2. Islom va shirk, mushriklik bir-biriga zid.

3. Arab mushriklarining: Ibrohimning dinidamiz, degan daʼvolari ham gʻirt yolgʻon. Shunday boʻlgach, Ibrohim alayhissalomga yaqin boʻlishga haqliroq kim oʻzi?