إِنَّ أَوْلَى ٱلنَّاسِ بِإِبْرَٰهِيمَ لَلَّذِينَ ٱتَّبَعُوهُ وَهَـٰذَا ٱلنَّبِىُّ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ۗ وَٱللَّهُ وَلِىُّ ٱلْمُؤْمِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, odamlarning Ibrohimga haqlirog`i unga ergashganlar, mana bu Payg`ambar va iymon keltirganlardir. Alloh mo`minlarning valiyidir.Албатта, одамларнинг Иброҳимга ҳақлироғи унга эргашганлар, мана бу Пайғамбар ва иймон келтирганлардир. Аллоҳ мўминларнинг валийидир.Alauddin Mansour: Odamlarning Ibrohimga yaqinrogʻi uning yoʻliga ergashgan zotlar, mana bu paygʻambar (Muhammad alayhis-salotu vas-salom) va iymon keltirgan kishilardir. Alloh moʻminlarning doʻstidir.Одамларнинг Иброҳимга яқинроғи унинг йўлига эргашган зотлар, мана бу пайғамбар (Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом) ва иймон келтирган кишилардир. Аллоҳ мўминларнинг дўстидир.
Hamma oʻzini Ibrohim alayhissalomning merosxoʻri, deb daʼvo qilaveradi. Birov, u kishi yahudiy boʻlgan, shuning uchun unga biz haqlimiz, desa, boshqasi, u kishi nasroniy boʻlgan, shuning uchun unga biz haqlimiz, deydi. Yana boshqalar oʻz bilganini aytadi. Holbuki, bu masalani Allohning Oʻzi hal qilgan:
Avvalo,
«Albatta, odamlarning Ibrohimga haqlirogʻi unga ergashganlar», yaʼni oʻzlari hayot davrlarida u kishiga iymon keltirib, yoʻlidan yurganlar va u kishi oʻtganlaridan keyin ham ergashganlar.
Keyin, mana bu Paygʻambar, yaʼni, Muhammad alayhissalomdir. Eng sodiq guvoh boʻlmish Alloh taoloning xabariga binoan, ular ikkovlari Islomda birgadir.
Yana keyin odamlarning Ibrohim alayhissalomga haqlirogʻi Paygʻambar Muhammad sollallohu alayhi vasallamga iymon keltirganlardir.
«Alloh moʻminlarning valiysidir», yaʼni doʻstidir, yordamchisidir, homiysidir.
Bu narsa odamlarni, insoniyatni birlashtiruvchi asosiy omil aqiyda ekanligini bildiradi.
Kengroq oʻylab koʻriladigan boʻlsa, odamlarni birlashtiradigan bir necha omillar bor: jumladan, jins, qavm, til, tabaqa, tanasining rangi va hokazolar. Lekin bular bari tor doiralar boʻlib, insonning ixtiyoridan tashqari narsalardir. Agar odamlarning birlashishi jins asosida boʻlsa, hech kim oʻz jinsini oʻzgartira olmaydi. Shuningdek, qavm-millat asosida boʻlsa, millatini hech kim oʻz xohishi boʻyicha tanlamagan. Agar birlashish til asosida boʻlsa, qaysi tilda tili chiqqan boʻlsa, keyin uni oʻzgartirib, bosh- qa til guruhidagilarga baribir el boʻlib ketolmaydi.
Shuningdek, tabaqa yoki tananing rangini ham oʻzgartirib boʻlmaydi.
Islom aqiydasi asosida yashaydiganlar esa–Allohning doʻstlari, bir oilaning aʼzolari, ularning birlashishiga yillaru asrlar, makonlaru vatanlar, millatlaru jinslar, tananing rangiyu tabaqalar toʻsiq boʻla olmaydi.
Keyingi oyat ahli kitoblarning talashib-tortishishdan maqsadlari nima ekanini bayon qiladi: