وَدَّت طَّآئِفَةٌ مِّنْ أَهْلِ ٱلْكِتَـٰبِ لَوْ يُضِلُّونَكُمْ وَمَا يُضِلُّونَ إِلَّآ أَنفُسَهُمْ وَمَا يَشْعُرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ahli kitoblardan bir toifalari sizni adashtirishni xohlarlar. Ular o`zlaridan boshqani adashtirmaslar va lekin sezmaslar.Аҳли китоблардан бир тоифалари сизни адаштиришни хоҳларлар. Улар ўзларидан бошқани адаштирмаслар ва лекин сезмаслар.Alauddin Mansour: Ahli kitobdan bir toifasi sizlarni (haq diningizdan) adashtirmoqni xohlaydi. Lekin ular oʻzlari sezmagan hollarida faqat oʻzlarinigina adashtiradilar, xolos.Аҳли китобдан бир тоифаси сизларни (ҳақ динингиздан) адаштирмоқни хоҳлайди. Лекин улар ўзлари сезмаган ҳолларида фақат ўзларинигина адаштирадилар, холос.
Ahli kitoblarning Islom ummatiga qarshi qilayotgan harakatlarining barchasi bu ummatni toʻgʻri yoʻldan adashtirishga qaratilgan. Ular musulmonlarning oʻz dinlarida sobit turishlarini koʻra olmaydilar.
«Ahli kitoblardan bir toifalari sizni adashtirishni xohlarlar».
Ularning bir toifasining birdan-bir maqsadi, xohishi–musulmonlarni adashtirish.
Holbuki, bu bilan ular oʻzlari bilmagan holda, oʻzlarini adashtirayotgan boʻladilar.
«Ular oʻzlaridan boshqani adashtirmaslar va lekin sezmaslar».
Musulmonlar oʻz dinlarida mustahkam tursalar, ularga hech bir dushmanning hiyla-nayrangi kor qilmasligini Alloh taolo vaʼda qilgan. Ammo ahli kitoblar buni sezmasdan adashadilar.